Institut rahbariyati talabalari bilan uchrashdi

2019 yilning 10 sentabr kuni institut Faollar zalida institut rahbariyatining Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti talabalari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 may kuni O‘zMUda ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hamda Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarining ijrosi yuzasidan (21-son bayonining 51-bandi (har bir oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bir oyda bir marta fakulьtetlar kesimida talaba-va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 maydagi 475-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut prorektori Dilshod Baratov talabalarning yangi o‘quv yilidagi talab va istaklari bilan qiziqdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi ta’lim sifatini yanada yaxshilash, talaba-yoshlarning fikrini o‘rganish hamda institutda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashga qaratildi.

Talabalar tomonidan stipendiya, turar joy, ishga kirish va boshqa davlatlarda o‘qishni davom ettirish masalalari yuzasidan savollar berildi.

Manba: Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti