Magistratura bo’limi
Faoliyat haqida
Toshkent temir yo’l muhandislari institutida magistratura bo’limi 1998 yilda tashkil etilgan. Bu yillar davomida bo‘limni etakchi fan nomzodlari, dotsentlar O.S. Turdimatov, T.R. Nurmuxamedov, F.F. Karimova va D.B. Eshmamatovalar boshqarib kelishgan. 2006 yilda magistratura bo‘limi tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha fakultetlarga tarqatib yuborildi. Institut rektorining 131-U buyrug‘iga asosan 2008 yil 1 noyabrdan boshlab bo‘lim qayta o‘z faoliyatini yuritid kelmoqda. Hozirgi kunda bo‘limni texnika fanlari nomzodi, dotsent S.S. Shaumarov boshqarib kelmoqda.
Institutning 13 ta kafedrasida 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo’yicha magistrlar tayyorlanib kelmoqda. Darslar institutning professor-o’qituvchilari va etakchi dotsentlar tomonidan olib boriladi va bundan tashqari ta’lim berishga tajribali ishlab chiqaruvchilar taklif etiladi.
Asosan magistrlar tanlagan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlar olib borishga qaratilgan tayyorgarlikka ega, mustaqil ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga, shuningdek tanlagan mutaxassisligi bo’yicha aspiranturada o’qib ta’lim olishga toyyor bo’lib chiqariladi.
Magistratura talabalari Respublika institutlararo va xalqaro anjumanlarda (konferensiyaralda) ishtirok etishadi, va bu anjumanlar materiallarida o’z maqolalari chop etishadi.
Har yili 100 ga yaqin magistratura talabasi institutni bitirib chiqadi. So’nggi yillar davimida 1000 dan ortiq talabalar magistrlik dasturini tamomladilar. Magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ishlab chiqarish muassasalar buyurtmalaru asosida tanlanadi, ular «O’TY» tizimini tegishli bo’limlari va korxonalari bilan kelishiladi. Magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish ham «O’TY» AJ tarkibiy bo’limlarida o’tkaziladi.
Tegishli magistratura yo’nalishlarda o’qish uchun 2016-yilda Rossiya Federatsiyasiga, PGUPS universetetiga – 9 ta; 2017-yilda Xirosima universitetiga -1 ta, Xitoy Uxan universitetiga – 1 ta, MISiSga – 3 ta DVFUga – 3 ta, PGUPSga – 15 ta talaba yuborilgan.
Magistratura bitiruvchilari ta’lim olganidan so’ng o’z faoliyatini «O’TY» AJ tizimidagi korxonalarida amalga oshiradi, aspiranturaga o’qishga kiradi, institutning kafedralarida tadqiqotchi shogird sifatida ilmiy faoliyatini olib boradi.
“Intelligent Transport Systems: New ICT based Master`s Curricula in Uzbekistan” (Intellektual transport tizimlari: O’zbekistonda AKT asosidagi yangi magistrlik yo’nalishi”) № 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP – sonli xalqaro loyihasi “Erasmus+ Programme of the European Union”ga muvofiq «Intellektual transport tizimlari» magistratura yangi mutaxassisligi uchun meyoriy-metodik hujjatlar ishlab chiqarish bo’yicha faol ish olib borilmoqda.
Tashkil etilayotgan tashkilotlarni zamon talablariga mos bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida magistratura qoshida quyidagi yangi mutaxassisliklar ochilishi rejalashtirilgan: 2018 yilda «Vagonlar qurish»; 2019-yilda «Elektr lokomotivlari va elektr poezdlari» va «Tezlik va yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr transporti»; 2020 yilga «Tezyurar yo’lovchi poezdlar xarakatini tashkillashtirish» va «Temir yo’l transportida Radioaloqa qurilmalari va aloqa vositalari»; 2021 yilda «Temir yo’l transportida Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» va «Temir yo’l transportida Texnologik mashinalar va jihozlarga texnikaviy xizmat qilish».
Statistik ma’lumotlar
Magistratura bo‘limining 2017-2018 o‘quv yili bo‘yicha
umumiy statistik ma’lumotlar
• Magistratura talabalaridan 2017 yilda 101ta, 2018 yilda 65 ta magistratura talabalari malakaviy amaliyoti va stajirovkasini bevosita ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida o‘tkazish, dissertatsiyasiga tegishli tajriba-sinovlarini bajarish ko‘zda tutilgan.
• 2017 yilda 3 nafar institut magistratura talabalari “O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovining shahar bosqichi g‘olibi bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
• Institut talabalaridan 2017 yilda 4 ta “Beruniy” nomidagi nomdor stependiyasi sovrindorlari magistraturaga o‘qishga qabul qilingan.
• Institut magistratura bitiruvchilaridan 2015 yilda 11ta, 2016 yilda 11ta, 2017 yilda 12 tasi kafedra ilmiy laboratoriyasida, hamda pedagogik faoliyat olib bormoqda.
• 2017 yilda 2 ta magistratura talabasi “Start Up” ilmiy g‘oyalar va loyihalar tanlovi 2 bosqich g‘olibi hisoblanadi.
• Institut magistratura talabalaridan 2016 yilda 1ta va 2017 yilda 1ta talaba ingliz tilida dissertatsiyani tayyorlab himoya qilgan bo‘lsa, 2018 yilga 2 ta talaba ingliz tilida dissertatsiyasini himoya qilishi ko‘zda tutilgan.
• Magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot mavzusi bo‘yicha “Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va loyihalar” Respublika yarmakasida 2016 yilda 6ta, 2017 yilda 6ta ilmiy loyihasi bilan ishtirok etgan.
• Institut magistratura talabalari Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 2016 yilda 214 ta, 2017 yilda 198 ta maqola va tezislar chop ettirgan.
• Davlat ilmiy texnika dasturlari va xo‘jalik shartnomalari doirasida 2017 yilda 2 ta, 2016 yilda 3 ta, 2015 yilda 6 ta magistratura talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashganlar.
• Magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha O‘R Intellektual mulk Agentligi tomonidan EHMlar uchun yaratilgan hisobiy dasturlarga Guvohnomalar 2016 yilda 3ta , 2017 yilda 5ta, ixtirochilik patentlari 2017 yil 1ta berilgan.
• O‘R Prezidentining 27.07.2017 yildagi PQ-3151-sonli qarorida keltirilgan talablar doirasida “O‘TY” AJ ilmiy-texnik rivojlantirish yo‘nalishlari, tegishli korxona va muassasalar muammoli masalalariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasi 13 mutaxassislik kafedrasida shakllanttirilib, biriktirilgan boshqarma va markazlar rahbarlari tomonidan tasdiqlandi.
• O‘R Prezidentining 27.07.2017 yildagi PQ-3151-sonli qarorida keltirilgan vazifalar ijrosi doirasida 2017 yilda 101ta, 2018 yilda 65 ta magistratura talabalari malakaviy amaliyoti va stajirovkasini bevosita ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida o‘tkazish, dissertatsiyasiga tegishli tajriba-sinovlarini bajarish ko‘zda tutilgan.
• 2017-2018 o‘quv yilida 1 kurs 81 magistratura talabasidan 31tasi, 2 kurs 65 ta talabasidan 27 tasi a’lochi hisoblanadi.
Magistraturaga chet elga yuborilgan talabalar
Institut talabalarini etakchi xorijiy ta’lim muassasalari magistraturasida o‘qish uchun 2016 yil: RF, PGUPSda -9ta (jami: 9ta); 2017 yil: PGUPSda -15ta, MISiS -3ta, Uzoq sharq federal universiteti (DVFU)-3 ta, Xiroshima Universitetida-1 ta, Xitoyning Uxanь universiteti (jami:23ta ) yuborilgan.
Xalqaro aloqalar | |
Chet el oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari | |
Muhandis | 128nafar |
Magistr | 56nafar |
aspirant nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilgan | 36nafar |
Chet el oliy ta’lim muassasalarida tahsil olaytganlar (2017yilda) | |
MGTU im. N.E. Bauman – | – |
PGUPS | 15 nafar magistrant |
MIIT | – |
MISiS | 3 nafar magistrant |
DVFU | 3 nafar magistrant |
Yaponiyaning Xiroshima universiteti | 1 nafar magistrant |
Xitoyning Uxanь universiteti | 1 nafar magistrant |
Xalqaro dasturlarlardagi ishtirok
“Erasmus+” xalqaro dasturi bo‘yicha “Intellektual transport tizimlari” nomli yangi magistratura mutaxassisligining me’yoriy va uslubiy ta’minotini yaratilishi 2018-2020 yillarda bajarilishi ko‘zda tutilgan xalqaro grant bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.