Tadbirlar

Institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy-tarbiyaviy ishlar qamrovi kengdir. Xususan, joriy o‘quv yili davomida fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, siyosiy va huquqiy tarbiya yo‘nalishida, mafkuraviy tarbiya, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yo‘nalishida, sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish va jismoniy tarbiya yo‘nalishida, kasb ma’naviyati yo‘nalishida, ekologik tarbiya yo‘nalishida, milliy qadriyatlar va an’analar yo‘nalishida, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlar tavalludini nishonlash, talabalarni madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida muzey, teatr va tarixiy qadamjolarga tashriflar yo‘nalishida e’tiborga loyiq ishlar olib boriladi