Qurilish fakulteti talabalarining muammolari tinglandi

Bugun institut Faollar zalida institut rahbariyatining Qurilish fakulteti talabalari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 may kuni O‘zMUda ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hamda Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarining ijrosi yuzasidan (21-son bayonining 51-bandi (har bir oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bir oyda bir marta fakulьtetlar kesimida talaba-va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 maydagi 475-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir talabalarning muammolari va fikrini o‘rganish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, hamda institutda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashga qaratildi.

Ularga rahbarlar tomonidan to‘liq javoblar berildi. Ba’zi talabalar tomonidan yozma savol va murojatlar berildi.

Manba: Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti