“Yo’l va yo’l xo’jaligi” (YYX ITL) ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi «O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruv raisi tomonidan 29.01.2015 yildagi 43-N sonli va Toshkent temir yo’l muxandislari instituti rektori (TTYMI) 14.02.2015 yildagi 56-U sonli buyruqlari asosida, o’z xarajatlarini o’zi qoplaydigan ilmiy-taqiqot sektor qoshida tashkil etilgan, Toshkent temir yo’l muxandislari institutining tarkibiy bo’linmasi xisoblanadi.
To’liq nomi: “Yo’l va yo’l xo’jaligi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi. Qisqartirilgan rasmiy nomi YYX ITL.
Rus tilidagi nomi: Nauchno-issledovatel`skaya laboratoriya «Put` i putevoe xozyaystvo» (NIL PPX).
YYX ITL shtati yuqori malakali, ilmiy-tadqiqot ishlarida tajribaga ega mutaxasislardan shakllangan.
YYX ITL maqsadi va faoliyati turlari
YYX ITLni yaratish va faoliyati «O’zbekiston temir yo’llari» AJning temir yo’llar konstruktsiyalari yo’l xo’jaligini yuritish tizimini takomillashtirish bo’yicha talablarini qondirish uchun ilmiy faoliyatni amalga oshirishdan iborat.
YYX ITL asosiy faoliyati turlari quyidagicha:
– temir yo’l va boshqa mavzularda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar, qidiruv, loyixa-smeta, dizayn va boshqa ishlarni bajarish;
– temir yo’llar texnik holati diagnostikasi va uni baxolash;
– tadqiqot ishlari, loyixa ishlari, qidiruv ishlari, konstruktrlik ishlarini amaliyotga joriy etish;
– temir yo’l transporti inshootlari va qurilmalari, yo’l va uning qurilmalari, elementlari va konstruktsiyalari texnik xolatini tekshirish va baxolash;
– temir yo’l maxsulotlarini normativ xujjatlarga muvofiqligini tekshirish;
– yangi jixozlar, texnologiyalar, qurilmalar va asboblar namunalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish;
– patentga doir xizmatlarni ko’rsatish;
– temir yo’l transporti vositalari va xizmatlarini metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tashkilotlar va korxonalariga texnik yordam ko’rsatish;
– yangi va zamonaviy texnologiyalarni sotib olishda tashkilotlar va korxonalarga, shu jumladan “O’zbekiston temir yo’llari” AJga texnik, tijorat, axborot va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
– ob’ektlarni va yo’l qurilishi ob’ektlari vazifalari uchun yo’llar inshootlari soxasida ilmiy-tadqiqot, loyixalashtirish, ishlab chiqish va loyixalash ishlarini amalga oshirishni tashkil qilish va nazorat qilish;
– sanoatni rivojlantirish tendentsiyalarini xisobga olgan xolda “O’zbekiston temir yo’llari” AJ yo’l qurilishi uchun yangi va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish va texnik yo’riqnomalarni takomillashtirish;
– “O’zbekiston temir yo’llari” AJ va boshqa tarmoq korxonalarning so’rovlari bo’yicha ITKI natijalarini joriy etish;
– yo’l xo’jaligi soxasida ichki va tashqi texnika yutuqlarini, rattsionalizatorlik taklif va ixtirolarni izlash, tahlil qilish, tizimlashtirish, umumlashtirish va joriy etish;
– “O’zbekiston temir yo’llari” AJ yo’l xo’jaligi korxonalari va bo’linmalari faoliyatida axborot texnologiyalarini joriy etish;
– yo’l xo’jaligida ta’mirlash ishlarini bajarish uchun loyixa-smeta xujjatlarini ishlab chiqish;
“Yo’l va yo’l xo’jaligi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini boshqarish
YYX ITL ma’muriy jihatdan ToshTYMI tarkibiga kiradi va xo’jalik shartnoma asosida xizmat ko’rsatadi.
YYX ITLga umumiy rahbarlik laboratoriya mudiri tomonidan amalga oshiriladi. Operativ rahbarlik “O’zbekiston temir yo’llari” AJning yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.
Xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot, qidiruv,va tajriba-konstruktorlik ishlar ToshTYMI yo’riqnomasidagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda “Yo’l va yo’l xo’jaligi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mutaxasislari tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda:
- “Murakkab plan va profil sharoitida, shuningdek, yuqori tezlikda va tezyurar poezdlar qatnovi uchastkasida rel`slarning uzoq muddat ishlash tadqiqoti”.
- “O’zbekiston temir yo’llari” AJ sharoitida uloqsiz temir yo’l ishining tadqiqoti.
- “O’zbekiston temir yo’llarini ko’chki qumlardan himoya qilish loyihasini ishlab chiqish uslubiyotini yaratish”.