Xorijiy fuqarolarni o’qitish

XORIJIY FUQAROLARNI OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL QILISH

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta’lim muassasalariga ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi PQ-3775 hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 4 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi 169-sonli qarori va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xorijiy fuqarolar o’qishga suhbat asosida qabul qilinadi.

Hujjatlarning oxirgi qabul qilish muddati – 15 iyul.

Xorijiy fuqarolarning xujjatlari OTM qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ro’yxatga asosan qabul qilinadi:

  1. Xorijiy fuqaro shaxsi, fuqaroligi va ta’lim yo’nalishi ko’rsatilgan shaklda institut rektori nomiga ariza;
  2. Milliy pasport nusxasi;
  3. Horijiy fuqaro uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasining nusxasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo’lsa;
  4. Xorijiy fuqaroning o’rta yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma /diplom/ sertifikatning o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi;
  5. Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli);
  6. Fotosurat (3,5×4,5) – 6 dona.

Xorijiy fuqarolarning hujjatlari faqat mazkur davlatning milliy fuqarolik pasporti asosida qabul qilinadi va ular qabul komissiyasiga milliy fuqarolik pasport nusxasini topshiradilar. Shu bilan birga, agar xorijiy fuqaro O’zbekiston Respublikasida yashash guvoxnomasiga (Вид на жительство) ega bo’lsa, ushbu holatda xorijiy fuqaroning milliy pasporti nusxasi bilan birga O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi nusxasi ham topshiriladi. Qayd etilgan toifadagi fuqarolar ham O’zbekiston Respublikasida doimiy ravishda istiqomat qilayotgan xorijiy fuqaro hisoblanib, yuqorida ko’rsatilgan xorijiy fuqarolar uchun o’rnatilgan tartibda hujjat topshiradilar.

Xorijiy fuqarolar o’qishga faqat to’lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to’lovlarini xorijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Xorijiy fuqarolar o’qish uchun to’lovlarini milliy valyuta (so’m) da amalga oshiradilar.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi qonuni»ning 4-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan va «Fuqaroligi yo’q shaxs uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi»ga ega bo’lgan shaxslar barcha O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kabi umumiy tartib asosida hujjat topshiradilar va o’qishga qabul qilinadilar.

TTYMI DA XORIJIY TALABALAR

Hozirgi kunda institutda 3 mamlakatdan (Rossiya, Qozog`iston va Turkmaniston) 10 nafar xorijlik talabalar ta`lim olmoqdalar.