Talabalar ijod namunalari

Jaholatga qarshi ma’rifat

Bugun biz tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan, inson faoliyatining barcha jabxalarini qamrab olgan murakkab bir zamonda yashayotganligimiz, hozirgi paytda er yuzininig qaysi bir chekkasida qanday voqea yuz bermasin, odamzod bu haqida dunyoninig boshqa bir chekkasida tez  sur’atlarda xabardor bўlayotgani, globallashuv jarayonini hayotimizga tez va chuqur kirib kelayotgani, insoniyat uchun mislsiz imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Afsuski, sodir bўlayotgan bunday ўzgarishlarning salbiy tomoni ham bor, u ham bўlsa bu jarayonning dunyo tinchligiga xavf soluvchi uyushgan jinoyatchilik, xalqaro terrorizm, narkobiznesning transmilliy harakter tusini olishiga kulay shart-sharoit yaratishi, insoniyat xamda davlatlar milliy xavfsizligiga tahdid qilishidir.

Siyosiy va diniy ekstremizm, terrorchilik, qўporuvchilik bunday hodisalarni avvallari biz fakat ommaviy axborot vositalari orqali bilar edik. Ammo tinch osoyishta, betashvish kechayotgan hayotimizga ularning bir kun kirib kelishini hayolimizga ham keltirmaganmiz. Sodir etilayotgan bunday nohush harakatlar barchamizni ogoxlikka chaqiradi. Ayniqsa, ўsib kelayotgan yosh avlodlarning onglarini yod mafkura va buzunchi oyalar bilan band bўlib kolmasligi uchun kurashishimiz zarurligini kўrsatmokda.

Har qanday ekstremistik va terroristik faoliyatning moxiyati ўzgalar ustidan hukmronlikka yoki mavjud siyosiy-mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy tartibotga qarshi zўravonlik, daxshat solish, jismoniy kuch ishlatish orqali ўzlarining arazli maqsadlariga erishishdan iboratdir. Shuning uchun ham ekstremizm va terrorizm butun jahon afkor ommasi, progressiv kuchlari tomonidan qoralanmoqda. XXI asr boshida insoniyat taqdiriga, uning taraqqiyotiga, ravnaqiga taxdid solayotgan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda xech bir inson chetda kolmasligi lozim.

Muxtaram   Prezidentimiz Islom Abduaniyevich Karimov ta’rifi bilan aytganda: “oyaga qarshi faqat oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaxolatga qarshi faqat ma’rifat bilan baxsga kirishish, olishish mumkin”.

Terrorchilik xarakatlari oqibatida olingan u yoki bu davlatga etkazilgan ma’naviy va moddiy talofotlar sanoining  adoiga etib bўlmaydi. Diniy ekstremistik oqimlar va terrorchilik tashkilotlari  tomonidan dunyo hamjamiyatiga etkazayotgan talofatlari er yuzidagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar  oldida turgan globall muammolardan biridir. Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan bўlib, ular qaerda faoliyat kўrsatmasin, asosiy maqsadi islom diniy «xalifalik» davlatini barpo qilishdir. Bu maqsadga ўzaro nizolar, ixtiloflar keltirib chiqarib qurolli tўqnashuvlar orqali ya’ni qon tўkish, zўrlik bilan erishishni kўzlaydilar. Bu esa har bir millatning mustaqilligiga, jamiyat taraqqiyotiga katta ov hisoblanadi. Islom diniy ekstremizmi ўzining ikki xususiyati bilan boshqa ekstremistik guruhlardan ajralib turadi. Birinchisi, ularning aqidalariga kўra, gўyo barcha hozirgi  zamon islomga e’tiqod qiladigan   davlatlardagi musulmonlar jamoalari islomiy tuslarini yўqotgan bўlib, joxiliya (islom kelib chiqishidan avvalgi arablardagi ma’naviy buzilish davri) jamiyatlariga aylanib qolgan deb hisoblaydi. Bunday yondoshuv faoliyatdagi hukumat  va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga asos  qilib olinadi. Ikkinchidan, ular gўyo, «haqiqiy» musulmonlar bўlib, ўzlarini hokimiyatga kelishlari uchun barpo qiladigan «islomiy tartibni» qaror toptirishning yagona yўli keskin va jangarilik yўli bilan agressiv harakat qilish lozim deb hisoblaydilar. Islom dinini niqob qilib ўzining arazli niyatlarini amalga oshirayotgan mutaasib kuchlar, hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, ўr yoshlarni ўz tuzoiga ilintirib, ulardan ўzining nopok maqsadlari yўlida foydalanayotganligi, diniy aqidaparastlik va terrorizm kabi turli oqimlarga yoshlarning kirib qolishlarining asosiy sababi, ularning diniy bilimlarga ega bўlmaganliklarida. Muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov  ta’kidlaganlaridek, diniy ekstremizmga qarshi kurashda: “Xalqimizning tabiatiga mutlaqo yot bўlgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tudirishni odamlar ongiga chuqur singdirib borish kerak”.

Terrorizm tom ma’noda jaxolatdir. Buzunchi oyalarga asoslangan xalqaro terrorizm va uning har qanday kўrinishi kishilik jamiyatining ўtmishida ham, bugunida ham xalqlar boshiga oir kulfatlar yodirmoqda. Har yili uning tajovizidan 100 mingdan ortiq begunoh kishilar qurbon bўlmoqda, jamiyat rivojlanishi, ayrim davlatlar, mintaqalar va insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotiga jiddiy taxdid solmoqda va mudhish oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

         Dunyo bўyicha qurol savdosining ўsishi va tarqalishi ham ekstremizm va terrorizmning jaxon miqyosida keng kўlamda avj olishiga sabab bўldi. Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining Londonda taqdim etilgan ma’ruzalarga kўra, jaxon miqyosida yiliga ўrtacha 50 milliard dollordan ziyod  miqdorda qurol-aslaxa  sotilar ekan. Bunda albatta AQSH yetakchilar eksportining deyarli 50 % shu mamlakat xissasiga tўri kelar ekan. Bu soxada ikkinchi ўrinni Buyuk Britaniya, uchinchi ўrinni Fransiya, tўrtinchi ўrinni Rossiya egallab turadi.

Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm avj olishining yana bir sababi, bu narkobiznesdir. Xalqaro ekspertlar ma’lumotiga kўra, Afonistonda yetishtirilib, sotilayotgan narkotik moddalardan 8 millard AQSH dollor miqdoridagi yirik daromad kelar ekan. Narkobiznes ham xalqaro terrorizm bilan egizakdir. Xalqaro terrorizmning xar qanday kўrinishi insoniyat taqdiriga, uning taraqqiyoti va istiqboliga jiddiy xavf solayotgan taxdiddir.

Terrorizmga qarshi kurash yўllaridan yana biri Prezidentimiz kўrsatib berganidek “Odamlarimiz avvalobor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustaxkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni ўzining mustaqil fikriga ega bўlgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida ўzligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini  asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning men ўzbek farzandiman, deb urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir”

Mamlakatimizda dinning qўrilayotgan jamiyatdagi ўrni eng avvalo, uning konstitutsion maqomi bilan belgilanadi. Shu asosda Ўzbekiston vijdon erkinligining qonuniy asoslari yaratildi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Ўzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida «Ўzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bўlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar», – deb qayd etildi.

Konstitutsiyaning 31-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishiga yўl qўyilmaydi» deyilgan bўlsa, Konstitutsiyaning 57–moddasida esa «Konstitutsiyaviy tuzumni zўrlik bilan ўzgatirishni maqsad qilib qўyuvchi, Respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va havfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni tarib qiluvchi, xalqning soligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi»,- deb ta’kidlanadi.

Shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, milliy an’analarimizga mutlaqo yot bўlgan ekstremistik va terroristik oyalarning jamiyatimizga kirib kelishini bartaraf etuvchi qudratli vositalardan biri bu insonparvarlik, tinchliksevarlik,  ma’rifatparvarlik, bunyodkorlik va shuningdek, millik va diniy  qadriyatlardir.

Hayotning ўzi kўrsatib turibdi, zўravonlik bilan siyosiy xokimiyatga erishishni maqsad qilib qўygan ekstremist va terrorchilarning na dini, na millati va na irqi bor.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, terrorchilar-siyosiy xokimiyatga qonuniy yўllar bilan erisha olmagach, biri xonadon, boshqasi esa panadan turib   dunyoni boshqarishni orzu qilgan va bir laxza bўlsada ushbu jirkanch orzuni rўyobga chiqarish uchun xech qanday qaboxotdan toymaydigan nobakorlardir.

Milliy va diniy qadriyatlarning tariboti, shubxasiz, ommo ongida har qanday oyaning sarasini saraga, puchini puchga chiqaruvchi, ayniqsa, ekstremizm va terrorizm oyalariga qarshi mustaxkam immunitetning shakllanishiga xizmat qiladi.

Ana shunday tahlikali bir paytda  mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik hukm surayapti va shu tinchlikning qadriga etishimiz, biz yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanishimiz kerak.

Toshkent  temir yo’l muhandislari instituti

“Iqtisodiyot”  fakulteti

“Informatika va axborot texnologiyalari”

III bosqich talabasi

Rўzmetov Ergash Erkinboy o’g’li.