- tanlagan ta`lim yo’nalishi(mutaxassisligi) bo’yicha, davlat ta`lim standartlariga muvofiq, sifatli va yuqori saviyada bilim olish;
- institut faoliyatiga tegishli muhim masalalarni muhokama qilish va hal etishda, belgilangan tartibda institut jamoat tashkilotlari va boshqaruv organlari orqali, ishtirok etish;
- institut axborot-resurs markazida mavjud bo’lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta`lim vositalaridan, hamda institutning o’quv, ilmiy, tibbiyot, sport va boshqa bo’limlarining xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashish, ilmiy ishlarini nashr ettirish uchun taqdim etish;
- institut va fakultet miqyosida o’tkaziladigan madaniy-ma`rifiy, sport-sog’lomlashtirish va boshqa tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazishda ishtirok etish;
- o’quv yili davomida ikki martadan kam bo’lmagan miqdorda umumiy davomiyligi 8-10 haftaga teng bo’lgan ta`tilga chiqish;
- institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat tashkilotlariga a`zo bo’lish va ular ishida qatnashish;
- institut ma`muriyati chiqargan buyruq va farmoyishlarga, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, norozilik bildirish;
- uy-joy fondi yetarli bo’lganda, institut Talabalar turar joylaridan joy olish.