Muzey

Muzey Toshkent temir yo’l muxandislari institutining 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. Muzeyning asoschisi va tashabuskori institutning 1973-1981-yillardagi rektori Odilxo’jayev Eshon Agzamovich bo’lgan. Muzeyning yaratilishi va jixozlanishiga “Grafika” kafedrasi o’qituvchisi Ivanov V.I. rahbarlik qilgan.

Muzeyning 2001 yilda birinchi marta qayta ta`mirlanib, eksponatlar bilan boyitilishida “Grafika” kafedrasi mudiri, professor Akbarov Azim Akbarovichning xizmatlari katta bo’lgan. Muzey institutning 80 yilligi munosabati bilan ikkinchi marta qayta ta`mirlandi.

Muzeyning yuqori qavatida O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida ta`lim soxasida erishgan yutuqlari, “O’zbekiston temir yo’llari” DATKning bosib o’tgan yo’li, hamda mustaqillik yillarida Toshkent temir yo’l muhandislari institutning hayoti o’z ifodasini topgan. Muzeyning pastki qavatida fakultetlar kesimida institutning 2011-yilgacha bo’lgan faoliyati aks ettirilgan.

Muzey bo’yicha virtual tur