“SMB va aloqa” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi «O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruv raisi tomonidan 2015 yil 21-yanvardagi № 26-Н sonli va Toshkent temir yo’l muxandislari instituti rektori (TTYMI) 30.01.2015 yildagi 30-U sonli buyruqlari asosida, o’z xarajatlarini o’zi qoplaydigan ilmiy-taqiqot sektor qoshida tashkil etilgan, Toshkent temir yo’l muxandislari institutining tarkibiy bo’linmasi xisoblanadi.
To’liq nomi: “Signallashtirish, markazlashtirish, blokirovka va aloqa” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi.
Rus tilidagi nomi: Научно-исследовательская лаборатория «Сигнализация, централизация, блокировка и связь»
“SMB va aloqa” ITL shtati yuqori malakali, ilmiy-tadqiqot ishlarida tajribaga ega mutaxasislardan shakllangan.
“SMB va aloqa” ITL maqsadi va faoliyati turlari
“SMB va aloqa” ITLni yaratish va faoliyati «O’zbekiston temir yo’llari» AJning temir yo’llar avtomatikasi telemexanikasi va aloqasi tizimini takomillashtirish bo’yicha talablarini qondirish uchun ilmiy faoliyatni amalga oshirishdan iborat.
“SMB va aloqa” ITL asosiy faoliyati turlari quyidagicha:
- elektromehanik qurilmalarni mikroelektron turlariga o’tkazish;
- masofadan turib monitoring tizimini ishlab chiqish;
- terish va bajaruvchi guruh bloklarini o’rnini bosuvchi mikroelektron qurilmalarning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish;
- optik tolali aloqa liniyalaridan foydalangan holda temiryo’l avtomatikasi telemehanikasi qurilmalari holati haqidagi ma’lumotlarni uzatish tizimida bir kristalli kontrollerlarga asoslanib Ethernet interfeysini qo’llashga doir ilmiy ishlanmalar qilish;
- “O’zbekiston temir yo’llari” AJ yagona dispetcherlik markaziga Ethernet kanallari orqali ma’lumotlar uzatish borasida ilmiy tadqiqotlar qilish;
- “O’zbekiston temir yo’llari” AJ uchun foydali ishlanmalardan foydalanish bo’yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy, innovatsion va xalqaro faoliyatni o’tkazish va tashkil qilish;
- yuqori texnologiyali maxsulotlarni yaratish maqsadida innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- uchuvchisiz uchish apparatlari uchun keng polosali kanallarni yaratish;
- uchuvchisiz uchish apparatlarini avtomatlashgan boshqaruv tizimi yaratish;
- TTA va UTA aloqa kanallarini yaratish va optimallash;
- texnologik jarayonlar ko‘p funksiyali boshqaruv qurilmasini yaratish;
- texnologik jarayonlar elektr enegiya sarfini kamaytirish uchun elektromagnit maydon boshqaruv qurilmasi tizimini yaratish;
- vagonlarni, issiqxonalarni, xonadonlarni isitish uchun innovatsion kavitatsiya teplogeneratorlarini yaratish.
“SMB va aloqa” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini boshqarish
“SMB va aloqa” ITL ma’muriy jihatdan ToshTYMI tarkibiga kiradi va xo’jalik shartnoma asosida xizmat ko’rsatadi.
“SMB va aloqa” ITLga umumiy rahbarlik laboratoriya mudiri tomonidan amalga oshiriladi. Operativ rahbarlik “O’zbekiston temir yo’llari” AJning Signallashtirish va aloqa boshqarmasi boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.
Xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot, qidiruv,va tajriba-konstruktorlik ishlar ToshTYMI yo’riqnomasidagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda “SMB va aloqa” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mutaxasislari tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda:
- laboratoriya ilmiy-o’quv poligonida hamda bevosita stansiyalarda impulsli relening mikroelektron analogining ekspluatatsion sinov-tekshiruv ishlari;
- kodli avtoblokirovkaning kodli yo’l transmitterining ekspluatatsion sinov-tekshiruv ishlari;
- mayatnikli transmitterning ekspluatatsion sinov-tekshiruv ishlari;
- “Mikroelektronika plyus” korhonasi hamkorligida “ZARAFSHON” masofadan turib monitoring qilish tizimini ishlab chiqish bo’yicha ishlar;
- institut o’quv fanlari bo’yicha laboratoriya hamda amaliyot mashg’ulotlarini amalga oshirish uchun talabalar ishtirokida o’quv maketlari va virtual modellar ishlab chiqish;
- Raximova stansiyasi uchun avtomatlashtirilgan ish joyi yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ishlari.
- “O’zbekiston temir yo’llari” AJ uchun foydali ilmiy-o’quv, ilmiy-tadqiqot, innovasiya va xalqaro faoliyatlarni yaratib qo’llashlarni tashkil qilish va kiritish;
- yuqori texnologiya mahsulotlarini yaratish maqsadida tajriba tadqiqotlarini va innovasiya goyalarini faollashtirish;
- uchuvchisiz uchish apparatlarini temir yo’l transportida, qishloq xo’jaligida, FVVda va energetikalarda qo’llash maqsadidda keng polosali kanallarni tadbiq etish;
- uchuvchisiz uchish apparatlarining avtomatik boshqaruv tizimlarini tadbiq etish;
- TTA va UTA aloqa kanallarini optimallashtirish;
- yordamch aloqa qurilmalarini optimallashtirish;
- texnologik jarayonlarni ko’p funksiyali boshqaruv qurilmasini yaratib tadbiq etish;
- texnologik jarayonlar elektr sarfini kamaytirish uchun elektromagnit maydon boshqaruv tizimi qurilmalarini tadbiq etish;
- energiyani tejash maqsadida vagon, issiqxona, xonadonlar uchun innovasiya kavitasiali issiqlik generatorlarini tadbiq etish.