Giyoxvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!

Inson tarraqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni hamda psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishini oldini olishga bag‘ishlangan tadbir xamkorlik asosida tashkil etildi. Davra suxbatida Transportda havfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalar nazorat qilish milliy markazi xodimlari ishtirok etdi.


Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.Baratov kirish so‘zi bilan ochdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazining 2019 yil 2 sentyabrdagi jadvali asosida tashkil etilganligi, giyoxvandlikka qarshi kurashish maqsadida bir qator qonunlar va xalqaro shartnomalar qabul qilinganligi xususida o‘z fikr muloxazalarini bildirdi.
Uchrashuvda Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i S.Nurmaxamedov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalar nazorat qilish milliy markazi etakchi ekspekti S.S. Jumanovalar ma’ruza qildi.


Ma’ruzachilar o‘z nutqida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish borasida bir qator profilaktik, tezkor profilaktik, targ‘ibot ishlari olib borlayotganligini ta’kidladilar. Yoshlar tomonidan og‘ir tan jarohati etkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilayotganligi haqida ma’lumotlar berildi. Oilalarning parokandaligiga sabab bo‘ladigan, milliy turmush tarzimizga zid bo‘lgan, shaxsning halokatiga olib keladigan illatlardan biri bu giyohvandlik, ichkilik ekanligini qayd etildi.


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalar nazorat qilish milliy markazi eytakchi ekspekti S.S. Jumanovaning O‘zbekistonda narkotik moddalarga qarshi olib borilayotgan ishlar, narkotiklar “qora bozori”ning avj olishi, OITS kasalligiga chalinayotganlar sonining o‘sishi yuzasidan ma’lumotlari yoshlarni munosabat bildirishiga ko‘mak berdi.


Shuningdek, mamlakatimiz temir yo‘llarida ro‘y bergan baxtsiz hodisalar, jumladan, yo‘lovchi va yuk poezdlarga tosh otish, temir yo‘l relsiga jism qo‘yish holatlarini dalillab, talabalarni huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda faol bo‘lishga, hamkorlikka chaqirildi.
Tadbir savol-javob shaklida tashkil etilib, “Nigoh” nomli film namoyishi bilan yakunlandi.

Institut matbuot xizmati