TTYMI bitiruvchilari malakasini tasdiqlovchi hujjat 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni” ning 19 -moddasiga muvofiq bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilgandan va davlat attestatsiyasidan o‘tgandan so‘ng, topshiriladi.
Mutaxassislarni ishga taqsimlash – “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni ta’minlash to‘g‘risida”gi buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarni temir yo‘l tizimidagi korxonalar faoliyati bilan tanishtirish va temir yo‘llarda ishlashga qiziqtirish maqsadida har yili mart-aprel oylarida TTYMIda o‘qiyotgan talabalar bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarmalari, korxonalari va mintaqaviy temir yo‘l uzellari rahbarlari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkaziladi. Shuningdek, “O‘zbekko‘mir”AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Toshkent metropoliteni rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkaziladi. Majlislar tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
TTYMI bitiruvchilarini (yosh mutaxassislarni) korxonalarga ishga taqsimlash – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining buyurtma xatiga muvofiq hamda O‘TY AJ Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi bilan kelishilgan holda har yilning aprel oyida amalga oshiriladi.