Xotin-qizlar qo’mitasi

Xotin-qizlar qo’mitasi ayollarning jamiyatda  faolligini kuchaytirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol, g’oyaviy yetuk, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyoti yo’lida o’z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, oilada  sog’lom turmush tarzini shakillantirish maqsadida tuziladi.

Shu bilan birga xotin-qizlar o`rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi, milliy an’analarimiz asosida qizlarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar o`tkazish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlarni olib borish, ayollarni madaniyat va sportga bo`lgan qiziqishlarini orttirish, iqtidorli qizlarni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish, “Ilm yulduzlari”  kabi tanlovlarida  qizlarimiz ishtirokining  faolligini ta’minlash ishlarini olib borish