O’zbekiston yoshlar ittifoqi BT

So’ngi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar hech bir sohani chetlab o’tayotgani yoq. Xususan yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor, ularni ijtimoiy faolligini oshirishga, ilmiy-ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan loyihalar, tadbirkorlikka yo’naltirishga ko’maklashadigan dasturlarni ko’rish mumkin. Ushbu ishlarning amalini ta’minlashga yordam beradigan tashkilot, «Kamolot» YIH ning IV qurultoyi 2017 yil 30 iyun Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot faoliyatini tugatish va uning o‘rnida yoshlarning haq-huquqlarini himoya qila oladigan “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi. Prezidentimiz tomonidan “Yangi tashkilot yoshlarning chinakam tayanchi va suyanchi bo‘ladigan, har qanday rasmiyatchilikdan xoli, ayniqsa, yoshlar manfaatini himoya qiladigan tashkilot bo‘lishi, masalan, qandaydir tadbir o‘tkazib, «Bo‘ldi, maqsadga erishdik» deb qaytib kelish emas, avvalo o‘sha joydagi mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha alohida dasturlar bilan ishlashi kerak” deya ta’kidlab o‘tdildi.

2017 yil 5 iyulda “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 sonli Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha meyoriy-huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qildi. Respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi bo‘lib, 2017 yil 10 iyulda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti o‘z ish faoliyatini boshladi. Ko’rsatilgan yuksak ishonchni oqlashga bel bog’lagan institutning jonkuyar talabalari, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, qabul qilayotgan qarorlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida institut fakultetlari hamda talabalar turar joylarida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Institut hamda fakultet yetakchilari demokratik tamoyillar asosida talabalar tomonidan yopiq ovoz berish yo‘li orqali saylanadi.

Boshlang’ich tashkilotning asosiy vazifasi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish, talabalarning ijtimoiy salohiyatini oshirish sanaladi. Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iboratdir. Yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni bekamu-ko’st ta’minlashga o’zining mehnatini ayamagan talabalar va xodimlarimiz, bugun o’zlari tanlagan sohaning yetuk kadrlari bo’lib faoliyat yuritmoqda.

 

 

«Tashishni tashkil etish va transport logistikasi» fakulteti dekani

Z.SH.Tursunov

 

 

«Tashishni tashkil etish va transport logistikasi» fakulteti dekan muovuni va «Shuxrat» medali sohibi

F.Q.Azimov

 

Ma’naviyat va ma’rifat hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i

A.R.Sotvoldiyev

 

Yuqorida keltirilgan faxriylarimiz tashkilot yetakchisi bo’lib o’z ishini boshlagan. O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent temir yo’l muhandislari instituti Boshlang’ich Tashkilotida bugun tashkilot yetakchisi hamda 4 nafar fakultet yetakchilari, 13 nafar tashkilot koordinatorlari faoliyat olib bormoqda.

 

Institut YI BT yetakchisi
 

Tursunaliyev Dilshod Murodjon o’g’li

E-mail:

Tel: +998906286565

Elektromexanika fakulteti yetakchisi
 

Uzoqboyev Azamat Mamur o’g’li

E-mail:

Tel: +998901334696

Qurilish fakulteti yetakchisi
 

Qodirov Bahodir G’ayratjon o’g’li

E-mail:

Tel: +998905363505

Iqtisodiyot fakulteti yetakchisi  
 

 

Matvaliyev Davron Abduxoshim o’g’li

E-mail:deco1777@mail.ru

Tel: +998903591117

Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti yetakchisi
 

 

Raxmonov Sirojiddin Ibrohimjon o’g’li

E-mail:

Tel: +998905562133

 

Boshlang‘ich tashkilot tashkil etilgan kundan boshlab, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ularning tahsil olishi va o’z iqtidorini yetarli darajada rivojlantirishi uchun sharoitlar yaratib kelmoqda. Xususan, Boshlang’ich tashkilot qoshida ochilgan AutoCAD, Young leaders club, Beginner English, Yosh notiqlar to’garaklari tashkil etilgan. Talabalarning bo’sh vaqtini unumli o’tkazish, ularning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarishga ko’makalshadigan bir qator ko’rik-tanlovlardan biri bu “Talabalik bahori festivali”. So’ngi yillar davomida institutimiz talabalari “Tafakkur sinovlari” respublika bosqichida yo’llanma olgani, Sportning karate va kurash yo’nalishida chempionlar chiqqani tahsinga loyiq. Iqtidorli yoshlar Respublika miqyosidagi turli xildagi ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib yuqori natijalarga erishgan yoshlarni davlat stipendiyalari va davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Tafakkur sinovlari” ko’rik tanlovidan foto lavhalar

 

“Talabalik bahori-2019” festivali

 

 Talabalar turar joyida tashkil qilingan kurash va karate sport musobaqasidan lavhalar