Bugungi kunga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarini muhandislik dasturi bo‘yicha maxsus temir yo‘l sohalaridan jami 52 nafar bakalavr, 105 nafar muhandis, 49 nafar magistr bitirdi, 42 nafar aspirant nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib institut o‘qituvchilari va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxonalari xodimlari safiga qo‘shildilar.
Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalarida muhandislik dasturi bo’yicha jami 233 nafar, jumladan:
– N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnologiyalar universitetida – 56 nafar bakalavr;
– Peterburg davlat temir yo’l universitetida – 25 nafar magistr, 27 nafar aspirant va 2 nafar doktorant;
– Rossiya transport universitetida – 25 nafar bakalavr va 4 nafar muhandis;
– Moskva po‘lat va qotishmalar institutida – 52 nafar bakalavr, 7 nafar muhandis va 8 nafar magistr;
– Moskva arxitektura institutida – 15 nafar bakalavr va 9 nafar tayyorlov bo’limida;
– Omsk davlat temir yo‘l universitetida – 3 nafar magistr ta’lim olishmoqda.
Institut quyidagi xorijiy universitetlar bilan ilmiy-uslubiy hamkorlikni amalga oshiradi:
– Belarus davlat transport universiteti (Belarus Respublikasi);
– Seul ilm va texnologiyalar universiteti (Janubiy Koreya);
– Silezsk texnika universiteti (Polsha)
– Omsk davlat temir yo‘l universiteti (Rossiya Federatsiyasi);
– Peterburg davlat temir yo‘l universiteti.
2018-2019 o‘quv yilida 3 nafar professor-o‘qituvchi Peterburg davlat temir yo‘l universitetiga, 3 nafar professor-o‘qituvchi N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnologiyalar universitetiga va 1 nafar professor-o‘qituvchi Rossiya transport universitetiga malaka oshirishga yuborildilar.
TTYMI qardosh davlatlar bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Bulardan Qozog’iston Respublikasining Qozog’iston transport va kommunikatsiyalari akademiyasi, M. Aezov nomidagi Janubiy-Qozoqiston davlat universiteti va Karaganda davlat texnika universitetlari magistratura talabalari institutimizda xorijiy stajirovkalarini o‘tashmoqda.
«IKKI TOMONLAMA DIPLOM» DASTURI
Hozirgi kunda institutda Peterburg davlat temir yo’l universiteti (Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlikda magistratura mutahassisliklari bo’yicha 2019-2020 o’quv yilidan boshlab «ikki tomonlama diplom» berish dasturi rejalashtirilmoqda.