Institutimiz yosh tadqiqotchilari Hayit bayramini yangi uylarda kutib olishadi

Bugungi shiddatkor davrga hamohang ilm-fan, texnika ham shitob bilan rivojlanmoqda. Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish, 2030 yilga qadar Global innovatsiya indeksida ilg‘or 50 mamlakat qatoridan joy egallashi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Kuni kecha davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyov tashabbusi bilan poytaxt oliy ta’lim muassasalarining bir guruh ilmiy tadqiqotchilariga “Prezident sovg‘asi” – turar joylar kaliti topshirildi.
Ramazon xayiti arafasida yangi uylarning kalitlari “Temir yo‘l qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi” kafedrasi assistenti Pardaboy Begmatov va “Bino va sanoat inshootlari qurilishi” kafedrasi assistenti Ilxom Qodirovlarga tantanali ravishda topshirildi.
Yangi uylar hamkasblarimizga buyursin!

Institut matbuot xizmati