Hamkorligimiz “BIR MAKON, BIR YO‘l” loyiha doirasidagi o‘zbek-xitoy hamkorligini yanada keng rivojlanishiga xizmat qilishi zarur

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga 4 iyun kuni Sharqiy Xitoyning Szyaotun universiteti boshqaruvi raisi Wan Ming rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Ikki oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining muloqotida 2018 yil 10 oktyabrda imzolangan memorandum yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va hamkorlikning ustivor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muloqotda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish, ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish masalalari o‘rin oldi.
Oliy oliy ta’lim rahbarlari o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to’g’ridan-to’g’ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qildilar. Rektor Ma’rufjon Rasulov Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining 2019/2020 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan strategik rejasi va xorijiy hamkorlikning bog’liq jihatlariga to‘xtaldi. Kelgusi o‘quv yilida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ochiladigan ta’lim mutaxassisliklar uchun yaratilayotgan sharoitlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan tanishtirildi. O‘quv va ilmiy laboratoriyalarni jihozlash borasidagi tavsiyalar tinglandi.
Uchrashuv davomida mehmonlar 90 yillik tarixga ega institut va uning fakultetlari bilan yaqindan tanishdi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan auditoriyalarga tashrif buyurib, bu yerdagi jihozlar va talabalarning ilmiy ijod qilish salohiyatlarini ko‘zdan kechirdi. Mehmonlarga xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Delegatsiya vakillari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Institut matbuot xizmati