Yangi rukn – «Professor minbari»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosi doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Professor minbari” rukni tashkil etildi.

Mazkur ruknda OTMda ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan tahliliy materiallar e’lon qilib boriladi.

OTM professor-o‘qituvchilari o‘zlarining davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi chiqishlari, yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga sharhlari va sohaning dolzarb muammolariga bag‘ilashgan tahliliy-tanqidiy materiallari bilan ishtirok etadilar.