“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tanlov

Institut talabalari o‘rtasida “Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi plakat” nominatsiyalaridagi tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Institut miqyosida har bir yo‘nalish bo‘yicha 1, 2, 3 o‘rinni egallagan talabalar institut tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 1- va 2-o‘rinni egallagan talabalar yakuniy Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar quyidagi tartibda pul mablag‘lari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari bilan rag‘batlantiriladi:
“Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi ijodiy ishlar uchun:
1-o‘rin – 2 000 000 (ikki million) so‘m;
2-o‘rin – 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m;
3-o‘rin – 1 000 000 (bir million) so‘m.
“Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasidagi ijodiy ishlar uchun:
1-o‘rin – 2 000 000 (ikki million) so‘m;
2-o‘rin – 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m;
3-o‘rin – 1 000 000 (bir million) so‘m.
Ijodiy ishlar 25 mayga qadar institut “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan qabul qilinadi (323 xona, murojaat uchun tel: 91 2428272).