Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti logotip, bayroq va shiorini (sloganni) yaratish uchun tanlov e’lon qiladi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining zamonaviy, original, osonlik bilan taniladigan logotipi, soha faoliyatini aks ettiruvchi bayrog‘i va shiorini (slogan) yaratish uchun tanlov e’lon qiladi.
Institut ramzlari o‘zida mafkuraviy va g‘oyaviy jihatlarni mujassamlashtirgan, zamonaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini, millatimizning qadriyatlarini, temiryo‘lchilarning an’analarini qamrab olgan holda qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos bo‘lishi lozim.
Logotip va bayroq o‘zida grafik qism va tushuntirish xatini jamlashi zarur.
Logotipning grafik qismida tasvir, osonlik bilan o‘qiladigan, “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti” yozuvli original logotipni tashkil etishi va tasvir, eskiz, chizma, grafik maket hamda 3D-render shakllarida taqdim etilishi mumkin.
Tushuntirish xati ixtiyoriy shaklda bo‘lib, u taqdim etilgan institut logotipi va bayrog‘i kontseptsiyasini dizayndagi ma’naviy-mafkuraviy elementlarini talqin etish orqali aks ettirishi kerak.
Barcha materiallar tashiit_rektorat@mail.ru elektron manzillari orqali qabul qilinadi.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
I bosqich: 2019 yil 22 apreldan 22 maygacha – tanlov ishlari ko‘rib chiqiladi.
II bosqich: 2019 yil 22 maydan 1 iyungacha – ishlarni baholash.
Logotip tanlovi g‘olibi eng kam ish haqining 10 barobar miqdorida, bayroq tanlovi g‘olibi eng kam ish haqining 5 barobar miqdorida, shior (slogan) tanlovi g‘olibi eng kam ish haqining 5 barobar miqdorida mukofotlanadi.
G‘olib http://www.tashiit.uz/ rasmiy saytda e’lon qilinadi.