Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevning izdoshlari institutimizda ilmiy stajirovka o‘tamoqda

Bugungi kunda Markaziy Osiyo taraqqiyotning yangi davrini boshdan kechirmoqda. Davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, barcha dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro maqbul echimlar topish an’analari kuzatilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari yaxshi qo‘shnichilik, mustahkam do‘stlik va qardoshlik rishtalariga asoslangan. Ikki tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda faol rivojlanmoqda. Ilmiy muloqotlar, innovatsion almashinuvlar jarayoni ikki davlat olimlari va iqtidorli yoshlariningmaqsadlarini mushtarakligiga xizmat qilmoqda.
Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev ta’lim olgan Karaganda davlat texnika universiteti professori Xuangan Nurbol rahbarligidagi bir guruh qozog‘istonlik magistrlar Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ilmiy stajirovka o‘tamoqdalar
Ikki davlat yosh mutaxassislarining bu galgi ilmiy muloqoti temir yo‘llari sohasida axborot texnologiyalari, marketing va raqamli transport xizmatlarini joriy qilishdagi integratsion jarayonlariga qaratildi.
Qo‘shni davlat magistrlari institut ilmiy laboratoriyalarda bo‘lib, yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi.Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining etakchi professorlar ko‘magida mehmonlar ilmiy mavzulari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash, saralash va tahlil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan.
Karaganda davlat texnika universiteti Bikenov Timur,institutda yaratilgan shart-sharoitlar, institutning modernizatsiya darajasi va axborot-resurslar ta’minotining yuqoriligi e’tiborini tortganligini ta’kidladi.

«Transport logistikasi va servis» kafedrasi mudiri Jamshid Qobulov