Institut rektori: bizga ma’naviyatli, zamonaviy fikrlaydigan yoshlar kerak.

Kuni kecha institut rektori M.X.Rasulov poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan 34-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan tashkil etilgan davra suhbatida yoshlarni muayyan kasbga yo‘naltirish, aniq maqsad asosida  bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘z kelajagi va taqdiriga befarq bo‘lmagan yoshlar ilm olishga shunchaki ma’naviy qadriyat sifatida qaramasliklarini uqtirdi.

Institut rektori M.X.Rasulov o‘quvchilar bilan muloqotda yapon oilalaridagi eng oliy qadriyat – ta’lim ekanligini ta’kidlab, mamlakat qudratining asosida bilim yotganligini yorqin misollar bilan tushuntirib berdi.

O‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, 9-sinfdan keyingi ta’limning tiklanganligi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar haqida institut rektoriga so‘zlab berdilar.

Mazkur davra suhbati davomida iqtidorli o’quvchilarni institutda faoliyat yuritayotgan to’garaklarga jalb etish, eng munosiblarni yilma-yil oliy ta’limga tayyorlab borish singari masalalar taklif etildi.

Temir yo‘l tizimi va institut haqidagi video lavhalar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Qizg‘in savol-javobdan so‘ng, bitiruvchi o‘quvchilarni institutga tashrifi kelishib olindi.