Prezident qarorining ijrosi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida xorijdagi etakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish masalasiga e’tibor qaratilgandi.

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish maqsadida Peterburg Davlat temir yo‘llari universiteti bosh muhandisi Vladimir Valerevich Moiseev ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.

V.Moiseev Peterburg davlat temir yo‘llari universiteti “Kompyuterlashtirilgan temir yo‘l texnologiyalar markazi” xodimlari tomonidan yaratilgan mikroprotsessorli ETs-MPK, DTs-MPK, KAS DU, UEP-MPK, MPTs-MPK, ASU ARLM va xodimlarni o‘qitish tizimlari,  ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, yutuq va kamchiliklari xususida fikr yuritdi.

Institut professorlari A.A. Xalikov va N.M.Aripovlar V.V.Moiseevning   “Poezdlar harakatinilarini boshqarish tizimlari borasidagi kompyuterlashtirilgan temir yo‘l texnologiyalar markazining ishlanmalari” nomli ma’ruzasiga yuqori baho berdi.

«Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika» kafedrasining professor-o‘qituvchilari va ma’ruzachi Vladimir Moiseev o‘rtasidagi munozara va ilmiy tahlil “texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti)” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning ilmiy qarashlarini kengayishiga xizmat qildi.