Ichki nazorat va monitoring bo’limi

Ichki nazorat va monitoring boʼlimi haqida maʼlumot
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Ichki nazorat va monitoring boʼlimi toʼgʼrisida Nizom” asosida Toshkent temir yoʼl muhandislari institutitda “Ichki nazorat va monitoring boʼlimi” (keyingi oʼrinlarda Boʼlim)tashkil etilgan va boʼlim nizomi oxirgi marta TTYMI rektori tomonidan 2012 yil 10 sentyabrda tasdiqlangan.

Boʼlimning tashkil etilishidan kuzlangan asosiy maqsad – respublikamiz oliy taʼlim muassaalarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etilishini, shuningdek oliy taʼlim muassasasida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi (OOʼMTV)ning Hayʼat qarorlari, boʼyruqlari, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” (OʼTY) aktsiyadorlik jamiyatining koʼrsatmalarini oʼz muddatlarida ijrosini taʼminlanishini nazorat qilishdan iborat.

Boʼlimning vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:- institutda Oʼzbekiston Respublikasining oliy taʼlimga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, OOʼMTV va «OʼTY» АJ Hayʼat qarorlari, buyruqlari, yoʼriq xatlarini, shuningdek, institut Kengashi qarorlari va rektorning boʼyruqlarining bajarilish nazoratini taʼminlash va monitoringini yuritish;
– institutda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari natijalarini tahlil qilish;
– institutda ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha tarkibiy boʼlinmalarga amaliy va uslubiy yordam koʼrsatish;
– ilgʼor tajribalarni oʼrganish asosida ommalashtirish;
– Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining ijrosi boʼyicha maqsadli oʼrganishlar tashkil etadi hamda ijrochilik masʼulyatini kuchaytirishga yoʼnaltirilgan seminar va davra suhbatlarini uyushtirish;
– amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xulosa va tavsiyalar tayyorlash hamda aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bar¬taraf boʼyicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga kiritadi.
Boʼlimning mansab jadvaliga koʼra oliy maʼlumotga ega boʼlgan – boshliq va uslubchidan iborat.

Boʼlim tarkibi haqida maʼlumot

F.I.SH. Lavozimi Ish telefoni

Elektron pochta manzili

Rajabbayev Raximberdi Bo’lim boshlig’i (71)299-00-19 monitoring@tashiit.uz
Normatova Maktuba Mirmaksutovna

 

Uslubchi (71)299-02-11 monitoring@tashiit.uz

Boʼlimi oʼz faoliyatini institut rektori tomonidan tasdiqlagan yillik rejaga muvofiq amalga oshiradi va boʼlim faoliyati har yili institut Kengashida muhokama qilinadi.

Boʼlim tashkil etilgan (2001 yil)dan to 2013 yilgacha qisqa muddatlarda juda koʼp xodimlar faoliyat yuritgan va turli sabablar bilan boshqa ishlarga oʼtib ketishgan.

Boʼlimga 2013 yildan fiz.mat.f.n., dotsent R.Rajabbaev rahbarlik qilib kelmoqda.

 Temir yoʼl tizimida uzoq yillik samarali va unumli mehnatlari, oʼsib kelayotgan yosh avlodni temiryoʼlchi kasbiga sadoqatli qilib tarbiyalashda, temir yoʼl tarmogʼini yanada rivojlantirishda qoʼshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi faol harakatlari uchun R.Rajabbaev “OʼTY” АJning 2018 yil 27 iyuldagi №NOK-40-sonli buyrugʼi bilan aktsiyadorlik jamiyati rahbariyatining “Faxriy yorligʼi” bilan taqdirlangan.

Boʼlimni rivojlantirish strategiyasi.

Bugungi kun talabiga hamda soʼnggi yillarda mamlakatimizda qabul qilingan hujjatlar (jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 515-son Qarori)ga muvofiq ichki nazorat va monitoring boʼlimi faoliyatini qayta koʼrib chiqishlikni taqoza etadi.

Ichki nazorat va monitoring boʼlimining yangi tahrirdagi nizomini ishlab chiqish va oʼrnatilgan tartibda rasmiylashtirish (davlat roʼyxatidan oʼtkazish) maqsadga muvofiq.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustvor yoʼnalishlari boʼyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, bu borada muassasa, tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, xalqning davlat boshqaruvi muassasalariga boʼlgan ishonchini mustahkamlash, olib borilayotgan ishlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan oliy taʼlim muassasalarida ijro intizomini mustahkamlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari natijadorligini yangi bosqichda talab darajasida taʼminlanishida va boʼlimda mehnat samaradorligini yuksaltirish maqsadida boʼlim boshligʼi va uslubchining oylik maoshlarini ilmiy daraja va unvonini hisobga olgan holda qayta koʼrib chiqishlikni talab etadi.