O‘zbekiston Qahramoni talabalarga tavsiyalar berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son Qarori ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston temir yo‘llari AJda olib borilayotgan ishlar, tarmoqqa oid yangiliklar, sohani rivojlantirish istiqbolli yo‘llari, ishlab chiqarish bilan uzviy ravishda ta’lim mazmunini takomillashtirish, bevosita sohaning ilmiy muammolaridan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorini ijrosini bajarish maqsadida 23 fevral kuni institut faollar zalida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Qaxramoni, O‘zbekiston temir yo‘llari AJ “Yo‘l xo‘jaligi” boshqarmasi boshlig‘i Ummatov Erkin Raxmanovich ishtirok etdi. Erkin Ummatov talabalarni hamkorlik qilishga va yo‘l xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etishga chaqirdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan zarur javoblarni olishdi.

Qurilish fakulteti dekani Asqar Babaev