Innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilishdagi hamkorlik

“Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi” kafedrasiga “O‘zbekiston temir yo‘lari” AJ “Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi” boshlig‘ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari A.Soriev va “O‘zbekiston” lokomotiv deposi boshlig‘ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari S.Qodirovlar tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish, ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga institut kafedralari tomonidan yaratilgan “Yo‘l xaritasisi” asosida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan o‘tayotgan xaftada “Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi” kafedrasi bilan ushbu kafedra bitiruvchilarining malaka va olgan bilimlaridan manfaatdor tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Dastlab soha rahbarlari yangi innovatsion loyihalarning ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etishda institut bitiruvchilarining roli xususida davra suxbatlarini o‘tkazdilar. Jumladan, A.Sorievning “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda yangi innovatsion loyihalarning jalb qilinishi. Ulardan foydalanishda institut bitiruvchilarining roli” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Lokomotivlar xo‘jaligi sohasidagi yangi innovatsion loyixalarning amalga oshirishda talabalar bilim va ko‘nikmalariga belgilangan talablar haqida batafsil to‘xtaldi. S.Qodirov “Uzbekiston” lokomotiv deposida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli texnik, texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar asosida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshiriliyotganligini raqam va dalillar bilan tushuntirib berdi. Innovatsion loyihalar asosida Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston –yo‘lovchi”, “UZ-EL” va “UZ-ELR” elektrovozlari va Ispaniya davlatidan keltirilgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” yo‘lovchi poezdlar yo‘nalishlari, ularning ekspluatatsiyasi va texnik xizmat kursatishni tashkil etish bo‘yicha servis markazi tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasidan keltirilgan “ERMAK” rusumli elektrovozlarini sinash ishlari amalga oshirilayotganligi va ko‘zlangan natijalarni bersa xarid qilinishi aytib o‘tildi.
Tashrifning amaliy qismida kafedra professor-o‘qituvchilari elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibini ta’mirlash va ekspluatatsiya qilishda kadrlar tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. So‘ng 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tug‘risidagi dasturiga kiritilgan “Elektrotexnika va elektronika asoslari” laboratoriyasi bo‘yicha kafedrada Rossiya Davlatidan sotib olingan VL80S elektrovozi mashinistining o‘quv trenajeri va 81-317.5M turidagi metropoliten vagoni mashinistining o‘quv trenajerini ishga tushirish ustida ishlab chiqaruvchi korxona va kafedra xodimlari hamkorlikda o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazdilar.
“O‘zbekiston temir yo‘lari” AJ lokomotiv xo‘jaligi rahbarlari va kafedra professor-o‘qituvchilari kelgusidagi umumiy maqsad va vazifalari belgilab olindi.

Kafedra mudiri U.T.Berdiev