Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faol yoshlari tashabbusi bilan institut atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida «Hududimiz obodonligiga o‘z xissangni qo‘sh!» shiori ostida aksiya tashkillashtirilmoqda.
Bu aksiyada institutning fidoiy talaba-yoshlari faol qatnashib, atrofni obodonlashtirish, har xil daraxt navlarini ekish, chiqindilarni tozalash ishlarini olib bormoqda.
Institut prorektorlari Dilshod Baratov, Abdullaziz Gulamov va Yadgor Ruzmetovlar yoshlarga hormasinga kelib, fidoyilik ko‘rsatayotgan talaba-yoshlarga o‘zining minnatdorchiligini bildirib, bunday yaxshi niyatdagi tashabbuslarini doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirdilar.
«Hududimiz obodonligiga o‘z hissangni qo‘sh!» shiori ostida tashkillashtirilgan aksiya davom etmoqda…