Shimoliy-Kavkaz tog‘-metallurgiya institutida o‘qishga yuborish bo‘yicha tanlov

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Rossiya Federatsiyasining  Shimoliy-Kavkaz tog‘-metallurgiya instituti (davlat texnologiya universiteti)da o‘qishga yuborish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 yanvardagi PQ-3473-son “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga hamda“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 31 yanvardagi “Xorijiy oliy ta’lim muassasalarga nomzodlarni tanlash uchun komissiya tashkil etish to‘g‘risida”gi 220-NZ-son buyrug‘iga muvofiq, kelajakda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ sanoat korxonalarining, jumladan yuqoridagi loyihani mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining  Shimoliy-Kavkaz tog‘-metallurgiya instituti (davlat texnologiya universiteti)da o‘qish istagi bor “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi  kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchi o‘quvchilari, yosh temiryo‘lchilar, shuningdek temiryo‘lchilarning farzandlaridan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududida yashovchi fuqarolardan  Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining “Xalqaro aloqalar” bo‘limiga 2019 yilning 10 mayiga qadar saralash imtixonlarida qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

  1. Pasport nusxasi;
  2. O‘zbek va rus tilida ma’lumotnoma;
  3. Kafolat xati;

Kerakli hujjatlar ro‘yxati va ularning namunalarini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Shimoliy-Kavkaz tog‘-metallurgiya instituti (davlat texnologiya universiteti) haqida batafsil ma’lumotlarni www.skgmi-gtu.ruinternet manzili orqali olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun TTYMI “Xalqaro aloqalar” bo‘limi tel.: (71)299-04-17; e-mail: tashiit-oms@yandex.com.

Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi direksiyasi tel.:  (71) 236-48-48, tgmk@railway.uz.