Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati va «Kazakstan temir joli» Milliy kompaniyasi” AJ mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati va «NK «Kazakstan temir joli» AJ ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbar o‘rinbosari Almas Doshanov, «NK «Kazakstan temir joli» AJ vakili, texnika fanlari doktori Asilxan Djalairovlar ishtirok etdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar o‘rtasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha strategik hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.