Moliyaviy faoliyat

TTYMI o‘z moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini amaldagi me’yoriy xujjatlar asosida olib boradi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ buyruq va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi buyruqlari, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteri hisobini yuritish to‘g‘risidagi” 2169-sonli yo‘riqnoma. TTYMIning daromad manbai quyidagilar hisoblanadi:

–           “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi;

–           Talabalarning to‘lov-kontrakt tushimidan keladigan mablag‘;

–           Yotoqxonadan foydalanganlik uchun to‘lov;

–           Oshxona hizmati tushumlari;

–           Issiqlik-energiyasini sotishdan tushgan mablag‘;

–           Bo‘sh turgan binolarni ijaraga berishdan tushum;

–           Sport-sog‘lomlashtirish hizmatlaridan tushum va boshqalar.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘lari va boshqa pul tushumlari tasdiqlangan smeta asosida quyidagi harajatlar uchun sarflandi:

–           Ish haqi fondi;

–           Yagona ijtimoiy to‘lov;

–           Xo‘jalik harajatlari;

–           Xizmat safari harajatlari;

–           O‘quv harajatlari;

–           Stipendiya;

–           Qattiq jihozlar sotib olish;

–           Yumshoq inventar sotib olish;

–           Kapital ta’mirlash;

–           Boshqa harajatlar.