Murabbiylar kengashi yillik reja asosida faoliyat ko‘rsatadi va institut Ilmiy Kengashi oldida hisobot beradi.Talaba-yoshlarni etuk ma’naviyatli va ma’rifatli, o‘z kasbining mohir mutaxassislari etib tarbiyalashda o‘quv guruhlarida ish olib boruvchi murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.
Murabbiy tarbiyaviy yo‘nalishda doimiy ish olib boradi va har bir talabaning o‘quv, ilmiy, ijtimoiy faoliyatini oshirishga katta e’tibor beradi. Murabbiyning asosiy vazifalari: talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yaratish maqsadida sport to‘garaklari va turli klublarga jalb etish, talaba-yoshlarning o‘z-o‘zini boshqarishini shakllantirish, ularning institutdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy madaniy va sport tadbirlaridagi ishtirokini faollashtirish, biriktirilgan guruh bilan davra suhbatlari, kechalar, ekskursiyalar, temiryo‘l xizmati faxriylari, temir yo‘l xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish, doimo guruhdagi vaziyatni baholab borish, sog‘lom muhitni ta’minlash; Talabalar turar joylari va ijarada turadigan talabalarning yashash sharoiti bilan tanishib borish.
Kengash tomonidan “Ахborot soati” va “Мurabbiylik soat”larini olib borish uchun ma’lumotlar tayorlab beriladi.