Kadrlar malakasini oshirish tayyorlash va qayta tayyorlash

“O’zbekiston temir yo’llari” Аksiyadorlik Jamiyatining kadrlar muammolarini hal etishda “O’TY” DATK boshqaruvi raisi A.J. Ramatovning 2004 yil 1 noyabrdagi №-349-H sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan KMOT va QTYM o’zining katta hissasini qo’shib kelmoqda.

O’tgan yillar tajribasi bu o’zgartirishning to’g’riligini nomoyish etdi, chunki QTYM tuzilgach, oliygohning malakali o’qituvchilar tarkibi, boy laboratoriyasi va boshqa moddiy texnika bazasidan majmuaviy ravishda foydalanish natijasida olib borilayotgan ishlar sifatini keskin oshirish imkoni tug’ildi.

O’zbekistonning mustaqil rivojlanish sharoitida KMOT va QTYMning butun faoliyati O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy Dasturi, “Ta’lim to’g’risida ” qonuni va “O’TY” AJ kadrlar dasturini bajarishga qaratilgan.

Markaz faoliyati birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti korxona va tashkilotlarning ishchi kadrlar, o’rta bo’g’in muhandis – texnik xodimlari va xizmatchilari, rahbar xodimlari, mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hamda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining boshqa yonalishidagi korxona va tashkilotlarining ta’lim sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

O’qitish dasturi O’TY” AJ barcha kasb yo’nalishlari bo’yicha talablarini, islohot qilinayotgan temir yo’l sohasi talab va ehtiyojlarini, yangi texnik va texnologik jarayonlar targ’ibotini, xarakat tarkibini yangilashni, temir yo’lni tubdan kuchaytirish boyicha kompleks choralarini amalga oshirishni va tashish jarayoning barcha sohalarida ma’lumot o’rgatish jarayonlarini tadbiq etishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

KMOT va QTYMda quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha rahbar, muxandis va texnik xodimlar malakasi oshiriladi:

Tashishni tashkil etish boshqarmasi:

  • bekat boshliqlari va o’rinbosarlari;
  • poyezd nozirlari va bekat navbatchilari ishini takomillashtirish;
  • STS va EVM operatorlari, STS operatorlari majburiyati yuklangan yuk qabul qilib topshiruchilar;

Logistika, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi   

  • yuk qabul qilib topshiruvchilar;
  • bekat va shohobchalar yuk kassirlari, “O’ztemiryo’lhisob” boshqarmasi hisobchilari;
  • MTU va bekatlar yuk va tijorat ishlari texnologik jarayoniga rioya qiluvchi nozirlar, uchastka va yuk rayonlari boshliqlari.

Vagon xo’jaligi boshqarmasi

  • vagon qurish sexi va tormozlarni avtomatik tekshirish punktlari brigadir, usta, texnolog, katta ustalari;
  • g’ildirak-rolik sexi brigadier va ustalari;
  • PTO boshliqlari va ustalari;
  • Vagonlarning asosiy qism va bo’g’inlarini zamonaviy tekshirish va tashhislash uskunalarini joriy etish va ularni sinash uslublari (texnik bo’lim muhandislari va ustalari uchun).

Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi

  • lokomotivlardan foydalanish va ta’mirlash bilan shug’ullanuvchi depo rahbar va mutaxassislari;
  • lokomotivlardan foydalanish va ta’mirlash ishlarini to’liq mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish;
  • xarakat xavfsizligi bilan bog’liq machinist – murabbiylar va mutaxassislar;
  • harakat tartibi qism, bo’g’in va agregatlarining ishlash zahiralarini oshirish (ta’mirlash sexi ustalari uchun );
  • temir yo’l transporti lokomotivlarini ta’mirlovchi va soxaviy korxonalarida yuqori samarali texnologiyalarni qo’llash (TCH texnik bo’lim muxandis-texnik xodimlari uchun )
  • yuqori tezlikda harakatlanuvchi harakat tarkibi tuzilishining prinsiplari va o’ziga xos xususiyatlari (muxandis-texnik xodimlar, ustalar, texnolog va elektromexaniklar uchun).
  • Tashish ishlarini takomillashtirish, lokomotivlarga xizmat ko’rsatish va sinash (TCH ustalari va mashinist – murabbiylari uchun );
  • Tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi harakat tarkibidan foydalanishdagi o’ziga xosliklar (muhandis-texnik xodimlar, ustalar va elektr harakat tarkibiga xizmat ko’rsatuvchi elektromexaniklar uchun)
  • Lokomotiv brigadirlari boshqaruchilari;
  • Foydalanish sexida katta naryad beruvchi va naryad beruvchilari

Yo’l xo’jaligi boshqarmasi

  • yo’l masofalari va PMS mutaxassislari;
  • temir yo’lning yangi qurilmarini joriy etish (PCH va PMS yo’l ustalari, yo’l brigadirlari va boshqa mutaxassislari uchun);
  • yo’l masofalari ko’prik ustalari.

Signalizatsiya va aloqa markazi

  • masofalardagi SSB uskunalariga xizmat ko’rstish va ta’mirlash (SSB elektromexaniklari uchun);
  • temir yo’l avtomatikasining mikroprotsessor tizimi (SSB elektromexaniklari uchun);
  • temir yo’l transportidagi aloqa vositalarining zamonaviy texnika va texnoligiyalari (elektromexaniklar va aloqa bo’yicha muhandis-texnik xodimlar uchun);
  • tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo’l liniyalardagi JAT tizimi xususiyatlari;
  • temir yo’l transportidagi tolali optik aloqa tizim (aloqa elekromexaniklari uchun);
  • poyezd tarkibidagi buksalarni qizishini nazorat qilish;
  • DISKB va KTSM tizimini joriy etish va takomillashtirish (elektromexaniklar uchun);
  • ARM SHNni qurish va ishlash prinsiplari.

Elektr ta’minot markazi

  • kontakt tarmog’i elektr asboblaridan foydalanish va ta’mirlash;
  • kuchli tok transformatorlarini ta’mirlash;
  • yuqori va past kuchlanishli kabellarni sinash va nosoz joylarini aniqlash;
  • tezyurar uchaskalardagi elektr ta’minoti uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash (o’rta bo’g’in mutaxassislari uchun);
  • elektr asboblarining rele ximoyasi va avtomatikasi. Elektr tarmog’i himoyasi, qisqa tutashuv toklari hisobi ( ECH – muhandis texnik xodimlari uchun).

Mexnat muxofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi

  • Temir yo`l korxonalari o`rta bo`g`in rahbarlari
  • Mexnat muxofazasi vakillari.

Iqtisodiy taxlil va prognozlash boshqarmasi

  • iqtisodchilar va mexnatni meyorlashtirish bilan shug`illangan muxandis-texnik xodimlar;
  • “O`TY” AJ boshqarmalari, MTU va boshqa tuzilmaviy bo`linmalari ishlab-chiqarish moliyaviy faoliyati taxlilining zamonaviy usullari (iqtisodchi va uslubchilar uchun) ;
  • Sarmoya siyosati samaradorligini oshirish (“O`TY” AJ boshqarmalari MTU va boshqa tuzilmaviy bo`linmalari mutaxasisliklari uchun).

Moliya va buxgalterlik xisobi boshqarmasi

  • buxgalteriya xisobi va xisobotlarni kompyuter texnologiyalari asosida olib borish;
  • temir yo`ldagi buxgalterlik xisobi va soliqqa tortilish hususiyatlari (jamiyatning tuzilmaviy bo`linmalari hisobchilari uchun).

Statistika va hisoblash boshqarmasi

  • vagon deposi nozirlari, AMZ va LMZ ning nosoz vagonlarini ta`mirlash va turib qolishi bo`yicha texnik bo`lim boshliqlari;
  • lokomativ depolarning marshrut varaqalari bilan ishlovchi guruh boshliqlari va katta operatorlari;
  • MTU statistika va hisoblash bo`limi muxandislari, tezkor ish bo`yicha iqtisodchilari, bekatlarning situatorlari yoki katta yuk kassirlari.

Hodimlar va kadrlar tayyorlash boshqarmasi

  • MTU hodimlar bo`limi nozirlari, korhonalar, tuzilmaviy bo`linmalardagi hodimlar bilan ishlash bo`limi nozirlari;
  • O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi, hodimlar hujjatlarini axborot – aloqa texnologiyalari asosida yuritish (MTU va tuzilmaviy bo`linmalar hodimlar bo`limi nozirlari uchun);
  • Aksiyadorlik Jamiyatlarini korporotiv boshqarishning zamonaviy usullari,
  • Korporativ boshqarish, marketing va logistikaning zamonaviy usullari va prinsiplari.

Xarbiy qo`riqlash boshqarmasi

  • harbiy qo`riqlash bo`linmalarida itlar bilan ishlash hizmatlarini tuzish (itlar bilan ishlash xizmati mutaxasislari, otryadlar hizmatini tashkil etish bo`yicha bosh nozirlari);
  • temir yo`l vokzallaridagi xavfsizlikni taminlash (1- sonli punkt nazorat- o`tkazish operatorlari);
  • yuqori tezlikdagi poyezd liniyalarida hizmatni tashkil etish (yuqori tezlikdagi yo`nalishdagi komanda va qorovul boshliqlari);
  • Yong`in havfsizligini taminlash (otryad va komandalarning yong`in xavfsizligi bo`yicha nozirlari);
  • Temir yo`l vokzallaridagi xavfsizlikni ta`minlash (rengen- television nazorat uskunalari operatorlari);
  • Tashilayotgan yuklarni saqlashni taminlash (otryad va komandalarining yuk va tijorat ishi bo`yicha nozirlari, komanda boshlig`i o`rinbosarlari, piket boshliqlari).

Texnik va texnologik nazorat boshqarmasi

  • “O`TY” AJ barcha tuzilmaviy bo`linmalarida poyezdlar harakati havfsizligini ta`minlash.

Aksiyadorlik jamiyatining yuqori tezlik yo`nalishdagi mutaxasislar

  • yuqori tezlikdagi elektr poyezdlari tuzilishi va ularga texnik xizmat ko`rsatishning o`ziga xos husussiyatlari, avariyaviy ishlash tartibi, nostandart xolatlarda harakat qilish tartibi (elektrataminoti va yo`l xo`jaligi rahbarlari va mutaxasislari uchun) ;
  • yuqori tezlikdagi elektr poyezdlarni qabul qilish, jo`natish va o`tkazishda paydo bo`lgan nostandart xolatlarda harakat qilish tartibi.

Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari

  • Windows XP Professional operatsiya tizimi va Microsoft Office (Word Excel) uskunalarini o`rganish (korxonalar iqtisodchi va muxandis- texnik hodimlari uchun) ;
  • Ish jarayonida axborot – komunikatsiya texnologiyalari (IKT) dan foydalanish bo`yicha jamiyat mutaxasislari malakasini oshirish.

Ommaviy kasb xodimlari malakasini oshirish, tayorlash va qayta tayyorlash

Vagonlarni ta`mirlash va texnik hizmat ko`rsatishni takomillashtirish, poyezdlar harakati xavfsizligi va vagon xo`jaligini boshqarishni  kuchaytirish;

  • harakat tarkibini ta`mirlovchi chilangarlar;
  • refrijirator poyezdlari mexaniklari;
  • vagonlarni tekshiruvchi defektoskopchilar;
  • vagon ko`ruvchi- tekshiruvchilari.

Yo`l xo`jaligi bo`yicha, temir yo`llarini ta`mirlash, texnik xizmat ko`rsatish

va yo`l mustaxkamligini oshirish

  • yo`l brigadirlari;
  • yo`l masofalari va PMS yo`l ustalari va brigadirlari;
  • yo`l masofalari defektoskop aravachalari operatorlari;
  • Avstryaning “Plasser Toyrer” mashinalari mashinistlari.

Elektor ta`minoti markazi bo`yicha energiya ta`minotini mustaxkamligini oshirish, texnik xizmat ko`rsatish va nosozliklarni oldini olishni takomillashtirish

  • kontakt tarmog`i elektr montyorlari;
  • elektr tarmog`i rayonlari elektr montyorlari;
  • tortuvchi nim stansiyalar elektr montyorlari.

Davlatlararo va davlat ichidagi yo`nalishlarda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishning ilgor tajribalarini o`rganish va ishga tadbiq etish

  • yo`lovchi vagon yo`l kuzatuvchilari;
  • yo`l hujjatlarini tekshirish bo`yicha agentlar;
  • harakatdagi chipta kassirlari.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining “O`MQXT rahbar va pedagog hodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash to`g`risida” buyrug`ini bajarish maqsadida temir yo`l kolleji va litseyi pedagog hodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

O`quv mashg`ulotlarini o`tkazish vaqtida o`qitish va bilim nazoratining interaktiv usullari, kompyuter texnikasi va axborot – kommunikatsiya texnologiyalari qo`llanmoqda.

Malaka oshirishning har bir yo`nalishi bo`yicha ularning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda namunaviy o`quv rejalari va dasturlari ishlab chiqarilib, “O`TY” AJ tegishli boshqarma va markazlari tomonidan tasdiqlangan.

O`qitish jarayoni ko`rgazma materiallari va o`quv filmlarini namoyish etish imkonini beradigan multimedia vositalarini bilan ta`minlangan auditoriyalarda o`tkazilmoqda. TTYMI poligonida esa tinglovchilar xarakat tarkibining asl namuna qismlari yuk va yo`lovchi vagon aravachilari, boshqaruvchi shit o`rnatiladigan yo`lovchi vagon qismi, vagonlar tormoz moslamalari va richagli uzatgichlar, yumshoq vagonlarning jihozlanishi, yo`l xo`jaligi uskunalari, signal belgilari va svetaforlarning hamda elektr taminoti uskunalarining joylashishi bilan tanishadilar. Bularning hammasi alohida mavzularini va fanni o`zlashtirishda ijobiy natijalarini bermoqda.

TTYMI professor-o`qituvchilar tarkibi va Aksiyadorlik Jamiyatning yuqori malakali mutaxasislari o`quv jarayonida faol ishtirok etmoqdalar. O`quv nihoyasida test imtixon topshirish va shaxsiy suxbat tarzida yakuniy bilim sinovini o`tkaziladi.

Kadrlar tayyorlash yo`l markazida hammasi bo`lim 13 o`qish auditoriyalari, 8 multimedia sinflari va 10 dona shaxsiy kompyuterlar o`rnatilgan maxsus auditoriya mavjud. Auditoriyalar barcha ko`rgazma materiallari bilan jihozlangan.

Markaz kutubxonasida 10 000 dan ortiq kitob, 360 dan ortiq elektron kitoblar va albomlar, 30 dan ortiq videofilmlar mavjud.

O`qishga kelgan tinglovchilarga 160 kishi joylashtirish imkonga ega bo`lgan yotoqxonadan joy beriladi.

O`qitish kurslari “O`TY” AJ ning barcha mutaxasislari uchun lavozim daraja yo`nalishlari bo`yicha 10 kundan 144 kungacha muddatda olib boriladi.