Xalqaro aloqalar bo’limi

Manzil: Odilxo’jayev ko’ch. 1, 245-xona

Tel./faks: (+99871) 2990417; (+99871) 2914078

e-mail: tashiit-oms@yandex.com

 Bo’lim boshlig’i:

Talipov Miraziz Mirkadirovich

 Bo’lim uslubchisi:
Baxteev Erkin Maratovich

 

Bo’limning maqsad va vazifalari

1) Institut fakultetlari, kafedralar va institut tizimidagi boshqa bo’linmalarda «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarilishiga, ta’lim sifatini oshirishga, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan ishlarda yaqindan amaliy yordam ko’rsatish;

2) Institutda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida xorijiy hamkorlar bilan to’g’ridan to’g’ri aloqa o’rnatish;

3) Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining mohiyatidan kelib chiqqan holda institut yosh olim, mutaxassis, professor- o’qituvchilarini xorijda malakalarini oshirish va xalqaro ta’lim muassasalari va jamg’armalarining imkoniyatlaridan kengroq foydalanishini tashkil etish;

4) Xorijiy olimlarni institutda ma’ruza o’qish, seminarlar tashkil etish va boshqa o’quv-uslubiy va ilmiy ishlar olib borish maqsadida O’zbekistonga taklif qilish masalalarini ko’rib chiqish;

5) Xorijiy fuqarolarini institutda o’qitish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash bo’yicha shartnomalar loyihalarini ko’rib chiqish;

6) Institutda faoliyat ko’rsatayotgan chet ellik professor-o’qituvchilar hamda tahsil olayotgan xorijiy fuqarolarning o’qishi va yashashi bilan bog’liq masalalarni muvofiqlashtirish;

7) Xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli safarga yuborilgan mutaxassis, ilmiy-pedagogik kadrlar, ilmiy tadqiqotchilar, stajyor va talabalarning hisobotlarini jamlash hamda vazirlikning tegishli boshqarma va bo’limlari bilan birgalikda ularni tahlil qilishni tashkil qilish;