Talabalar turar joylari

TALABALARGA YARATILGAN SHAROITLAR

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarga qator qulayliklar yaratilgan,

Xususan:

– Talabalarning sifatli bilim olishlari uchun har bir qavatda dars qilish joylari;

– Madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish xonalari;

– “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarni institut hamda “Talabalar shaharchasi” hayotidagi voqiya va hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida “Media Club” tashkil etilgan.

-Talabalarni sport bilan shug’ullanishi uchun “Talabalar shaharchasi” hududida sport maydonchasi;

– Minni futbol o’ynashlari uchun ikkita sun’iy qoplamali futbol maydoni;

TALABALARNI  BO’SH VAQTLARINI MAZMUNLI O’TKAZISH MAQSADIDA TASHKIL ETILGAN TO’GARAKLAR

– “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmumni o’tkazish maqsadida institut jismoniy tarbiya kafedrasi bilan hamkorlikda 14 ta sport  turi bo’yicha  to’garaklar hamda institut iqtidorli talabalar bilan ishlash kordinatori bilan hamkorlikda 20 dan ortiq fan to’garaklari tashkil etilgan.

TALABALAR TURAR JOYIDAGI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT XONASI

Talabalar turar joylarida yashovchi talabalarni ma’naviy ongini shaklantirish hamda manan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida  barcha talabalar turar joylarida zamonaviy ma’naviyat va ma’rifat xonasi tashkil etilgan.

Bu yerda talabalar kitob mutola qilishi, gazeta va jurnal o’qishi, aqliy salohiyatlarini oshirish  maqsadida debatlar tashkil etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.