Toshkent temir yo`l muhandislari instituti (ToshTYMI) – O`zbekistondagi temir yo`l uchun mutaxassislar tayyorlab beradigan yagona texnika oliy o`huv yurti hisoblanadi. U 1931 yili O`rta Osiyo temir yo`l muhandislari instituti sifatida tashkil topgan. 1937 yildan boshlab Toshkent temir yo`l muhandislari instituti deb atala boshladi va bugunga kelib «O`zbekiston temir yo`llari» Davlat aksiyadorlik temir yo`l kompaniyasi tarkibidagi oliy o`quv yurtidir. Institutning dastlabki rahbarlari A.F. Vilder, M.L. Zelenskiy, M.M. Sorokin, A.A. Petrukovich bo`lganlar. Keyingi yillarda institut rektori bo`lib M.F. Prasolov, E.A. Odilxo`jayev, S.M. Jumaboyev, A.E. Odilxo`jayev kabi mutaxassislar faoliyat olib bordilar. Institutda O`zR FA akademigi, paxta terish mashinasi dinamikasi asoschilaridan biri – A.D. Glushenko, O`zR FA akademigi – Markov mukofoti laureati, texnika fanlari doktori A.F. Lavrik, O`zbekistonda kukunli metallurgiyaga asos solgan olim, professor A.D. Moshkov, O`zRda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi, texnika fanlari doktori, professor Sh.M. Gofman, professorlar V.V. Fedorov, V.V. Melikov, X.T. Turanov, V.I. Kiselev, V.M. Belenkiy va ilm-fan va temir yo`l tarixida o`chmas iz holdirgan boshha ko`plab olimlar faoliyat yuritdilar. Institut nomini uni bitiruvchilarning amaliy ishlari uluhlaydi. O`z tarixi davomida institut 50 mingdan oshih, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi mustahillik yillarida 5 mingga yahin muhandis, 7 mingdan ortih bakalavr va 840 nafar magistr tayyorlab chihardi. Oliy o`huv yurti olimlari va bitiruvchilari yangi temir yo`llar va elektr stansiyalarini loyihalashtirish va hurish ishlariga rahbarlik hilib, vagonlar, signalizatsiya va aloha moslamalari yaratdilar. Uchhuduh – Miskin, Toshguzar – Boysun – humho`rhon, hayraton – Mozori Sharif va boshha ko`plab temir yo`l liniyalari, Toshkentning noyob ko`priklari va binolari institut bitiruvchilarining bir necha avlodi ijodiy yo`lining boshichlari bo`lib, ular o`z ihtidori, bilimi va fidokorona mehnatini ushbu inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga sarfladilar.