Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Institutda mustaqil fikrlovchi, yuksak iqtidorga ega talaba-yoshlar bilan ishlash, ularning qiziqish va xoxishlarini ro’yobga chiqarish tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha har yili reja ishlab chiqiladi. Ushbu rejaga muvofiq tadbirlar tashkil etiladi. Shuningdek, har bir kafedra qoshida to’garaklar ham faoliyat yuritadi. To’garaklar orqali talabalarning ta’lim va ilm-fanga qiziqishlari aniqlab olinadi va ularning orasidan fan olimpiadalari va turli nomdor stipendiyalar uchun nomzodlar tayyorlanadi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Odilxo‘jayev ko‘chasi, 1-uy, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, ilmiy bo‘lim (333-xona), koordinator – Sh.M. Suyunbayev, t.f.n., dots. Telefon: +99871 299-05-65. Faks: +99871 293-57-54. e-mail: uer_tashiit@mail.ru