Iqtidorli talabalar

2015-2016 o‘quv yili

Familiya, ismsharifi: Kayumov Shoxrux Sharof o`g`li.

Tugilgan yili, kuni va joyi: 26.06.1994 yil, Samarqand shahrida tavallud topgan.

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Toshkent shahrining №51 o‘rta maktabda tahsil olgan.

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent temir yo’l muhandislari instituti (TTYMI).

O’quv faoliyat yo‘nalishi: 5620100 – «Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (temir yo`l transporti)».

Ilmiy faoliyat yo‘nalishi: Poyezdlar harakatini tashkil elish.

Halqaro tadbirlardagi ishtiroki: 2015 yil, Rossiya Fеdеratsiyasi, Pеtеrburg davlat tеmir yo’l univеrsitеti, “Неделя науки-2015” fеstivali (23.04.2015 y.).

Erishgan natijalari:

2015yil, O‘zbekiston Respublikasining “A.R. Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga nomzodlar tanlov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2015-2016 o‘quv yili uchun Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi tayinlandi;

2014 yil, bakalavriat talabalarining yozgi amaliyot bo’yicha IX-ilmiy koferensiyasi (TTYMI, 11.11.2014 y.), «Порядок организации высокоскоростного движения на станции «С»» mavzusida ilmiy maqola tezisi nashr etildi;

2014 yil, “Yuqori tеzlikda harakatlanuvchi poеzdlarning dolzarb muammolari” nomli ilmiy sеminar (TTYMI, 25.12.2014 y.), «Selecting freight trains for the lines reconstructed in organization of high-speed passenger trains» mavzusida ilmiy maqola nashr etildi;

2015 yil, “Tеmir yo’ldan tеxnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari” fanidan bo’lib o’tgan I-bosqich Rеspublika fan olimpiadasi (TTYMI, 25.02.2015 y.), “Talabalar fan olimpiadasining birinchi bosqichi”da ikkinchi o’rin egallagani uchun TTYMI faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi;

2015 yil, «Yosh ilmiy tadqiqotchi» bakalavriat va magistratura talabalarining, stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchilarning XIII-institutlararo ilmiy-amaliy konfеrеntsiyasi (TTYMI, 07-08.04.2015 y.), «Возможности увеличения пропускной способности двухпутного высокоскоростного участка» mavzusida ilmiy maqola nashr etildi;

2015 yil, Bakalavriat talabalarining yozgi amaliyot bo’yicha X-ilmiy koferensiyasi (TTYMI, 10.11.2015 y.), «Анализ основных показателей работы станции «З»» mavzusida ilmiy maqola tezisi nashr etildi.

Familiya, ism-sharifi: Rojkova Anna Sergeevna.

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 01.08.1994 yil, Toshkent shahrida tavallud topgan.

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Toshkent shahrining №89 o‘rta maktabda tahsil olgan.

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent temir yo’l muhandislari instituti (TTYMI).

O’quv faoliyat yo‘nalishi: 5340 200 – «Bino va inshootlar qurilishi (sanoat                                                       va fuqaro binolari qurilishi) »

Ilmiy faoliyat yo‘nalishi: Qurilish materiallarining samaradorligi

Halqaro tadbirlardagi ishtiroki: 2015y, “I.M.Gubkina nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali” da “Materiallar qarshiligi” fanidan o’tkazilgan Ochiq xalqaro studentlar internet-olimpiadasi (28.03.2015y)

Erishgan natijalari:

2015 yil “ Ilm, ma’naviyat va ma’rifat uzluksiz ta’lim sistemasida: qariyalarni qadrlash yili milliy dasturida ( Lomonosov nomli MDUning Toshkentdagi filiali, 15-16.04.2015) “Особенности коммуникативного поведения в системе «учитель-ученик»” bo’yicha tezis chop etilgan.

2015 yil “Yosh ilmiy tadqiqotchi” bakalavriat va magistratura talabalari, stajyor-tadqiqodchi-izlanuvchilarning XIII-institutlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida (TTYMI, 07-08.04.2015) “Защита железобетонных блоков ограждения от коррозии” va “About applicability of graphs theory to the problems of structural mechanics of the cored systems” ilmiy maqolalari chop etilgan; “Studentlarning eng yaxshi ilmiy ishi” konkursi natijalariga ko’ra “Bino, injenerlik kommunikatsiyalari va tizimlari” yo’nalishi bo’yicha ToshTYMI I darajali diplomi hamda “Amaliy matematika” yo’nalishida ToshTYMI II darajali diplomi bilan taqdirlangan;

2015 yil, “XXI asr- intellektual avlod asri” shiori ostidagi Mintaqaviy Toshkent va Toshkent viloyati  ilmiy-amaliy konferensiyada (NUUz, 25-26.05.2015 y) “Импортозамещаемый способ повышения долговечности бетонных изделий” ilmiy maqolasi chop etildi

2015 yil, TTYMI yozgi amaliyoti bo’yicha X-ilmiy konferensiyasi (TTYMI, 10-11.11.2015) “Особенности определения физико-механических характеристик грунтов на учебно-геологической практике” ilmiy maqolasiga tezis chop etilgan; “Yozgi amaliyot bo’yicha eng yaxshi ilmiy ish” konkursi natijalariga ko’ra “Bino va inshootlar qurilishi, ko’priklar va tonnellar” yo’nalishida ToshTYMI II darajali diplomi bilan taqdirlandi;

2015 yil, “XXI asr- intellectual avlod asri” yosh tadqiqotchi va talabalarning Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi (TDIU, 19-20.11.2015 г.), «Импортозамещаемый способ повышения долговечности бетонных изделий»;

2015 yil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-yilligiga bag’ishlangan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-yoshlarning ta’lim va tarbiyasi” To’rtinchi an’anaviy ilmiy-amaliy konferentsiya (Lomonosov nomli MGUning Toshkentdagi filiali,03-04.12.2015) “О государственной молодежной политике в Республике Узбекистан” mavzusida tezis chop etilgan

2014 yil, TTYMIning studentlari har yilgi qobiliyat darajasini aniqlovchi tanlovning ikkinchi kurs bakalavriati (TTYMI, 5.09.2014) “Ingliz tili” nomzodligida va qolgan nomzodliklar (mantiq, psihologiya, ingliz tili) 1-o’rin sohibasi

2014 yil, XXII-oliygohlararo bakalavriat va magistratura, studentlari, stajor-izlanuvchi-tadqiqotchilarning “Yosh ilmiy tadqiqotchi” (TTYMI, 02-03.04.2014y) “Определение гидростатического давления воды на криволинейные трапецеидальные затворы” ilmiy maqolasi chop etildi; “Studentlarning eng yaxshi ilmiy ishi” konkursi natijalariga ko’ra “Amaliy matematika” yo’nalishida ToshTYMI I darajali diplomi bilan taqdirlangan;

2014 yil, “XXI asr- intellektual avlod asri” shiori ostidagi Mintaqaviy Toshkent va Toshkent viloyati  ilmiy-amaliy konferensiya (NUUz, 16-17.05.2014) “Определение гидростатического давления воды на криволинейные трапецеидальные затворы” ilmiy maqolasi chop etildi

2014 yil, bakalavriat studentlarining yozgi amaliyoti bo’yicha IX-ilmiy konferesiyasida “Tanishtiruv amaliyoti bo’yicha IX-ilmiy konferensiyasida “К вопросу об ознакомительной практике” ilmiy maqolasiga tezis nashr qilingan; “Yozgi amaliyot bo’yicha eng yaxshi ilmiy ish” konkursi natijalariga ko’ra “Temir yo’llar, ko’priklar, bino va sanoat inshootlari qurilishi” yo’nalishida ToshTYMI I darajali diplomi bilan taqdirlandi;

2014 yil, “XXI asr- intellectual avlod asri” yosh tadqiqotchi va talabalarning Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi (BDU, 20-21.11.2014 г., Buxoro shahri) “Определение гидростатического давления воды на криволинейные трапецеидальные затворы” ilmiy maqolasi chop etilgan; respublika miqyosidagi konkurs natijalariga ko’ra qimmatbaho sovg’a (ARTEL televizori) va “ISTE’DOD” jamg’armasining II darajali diplomi bilan taqdirlandi;

2013 yil, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-yilligiga bag’ishlangan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-yoshlarning ta’lim va tarbiyasi” (Lomonosov nomli MDUning Toshkentdagi filiali, 10-11.12.2013) “Конституционные основы защиты и укрепления семьи” mavzusida tezis chop etilgan

2016-2017 o‘quv yili

Familiyasi, ism-sharifi: Maxbubova Komila Raxmat qizi

Tug‘ilgan yili, kuni va joyi: 17.05.1994 y. Oqqorg’on tumani Toshkent viloyati

Ta’lim olgan/olayotgan maktabi: Toshkent shahar Mirobod tumani 147- maktab.

Tahsil olgan/olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent temir yo’l muxandislari instituti

Faoliyat yo‘nalishi: 5620100 – “Telekommunikatsiya (temir yo’l transportida)”

Erishilgan natijalari: 2015 yilda Farg’onada bo’lib o’tgan “Elektr zanjirlar nazariyasi” fanidan Respublika fan olimpiyadasida 3 o’rin egalladi, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom bilan taqdirlandi; institut Ilmiy Kengashi qaroriga ko’ra “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan ta’sis etilgan stipendiyasi sohibi bo’ldi .

2016-yil Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan 2016-2017 o’quv yili uchun Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasiga tayinlandi

2015 yil 7-8 aprelda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “YOsh ilmiy tadqiqotchi” bakalavriat  va magistratura talabalarining, stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchilarning  XIII-institutlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida “Перспективы развития систем цифровой передачи информации” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi, maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 10 noyabrida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “TTYMI bakalavriat talabalarining yozgi amaliyoti bo’yicha” institut miqyosidagi o‘ninchi ilmiy konferensiyasida “Схема управления устройством железнодорожной коммутации” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va faxrli 3 o‘ringa sazovor bo‘ldi. Mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 3-4 dekabrida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filialida tashkil etilgan, Respublika miqyosidagi « Наука, образование и воспитание молодёжи » IV ilmiy-amaliy konferensiyasida “Формирование системы социальной защиты старшего поколения” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2016 yil 6-7 aprelda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “YOsh ilmiy tadqiqotchi” bakalavriat  va magistratura talabalarining, stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchilarning  XIV-institutlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida “Функциональные возможности цифровой технологической радиосвязи” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi, maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2016 yil 4 aprelda “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o’tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovida “Использование систем видеонаблюдения на железнодорожном транспорте” ma’ruzasi bilan qatnashdi. Ushbu ma’ruzasi tanlov materiallari to’plamiga kiritildi.

2016 yil 20-21 may kunlari Toshkent avtomobil-yo’llar institutida o’tkazilgan “O’zbekiston respublikasida transport va yo’l xo’jaligi taraqqiyotining istiqbollari” mavzusida iqtidorli yoshlarning Respublika oliy o’quv yurtlararo ilmiy-amaliy anjumanida “Новые технологии в системе перевозок на железнодорожном транспорте” maqolasi bilan qatnashdi. Ushbu maqolasi anjuman materiallari to’plamiga kiritildi.

Familiya, ism-sharifi: O’rozimbatova Gavhar Sadulla qizi

Tug’ilgan yili, kuni va joyi: 1994-yil 17-sentabr, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Amudaryo tumani

Ta’lim olgan maktabi: Toshkent shahar, Mirobod tumani 294-o’rta maktab

Tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi: Toshkent temir yo’l muhandislari instituti (TTYMI).

O’quv  faoliyat yo’nalishi: aholi yashash hududlarida joylashgan muhandislik jihozlari shovqining turar-joy binolari yashash xonalariga tasirini o’rganish.

Xalqaro tadbirlardagi ishtiroki: 2016-yil 29-martda Perm shahri siyosiy-iqtisodiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan « Развитие современной науки: теоретические и прикладные аспекты» yosh olimlar va o’qituvchilar, aspirantlar, magistrantlar va talabalarning xalqaro konferensiyasida  «Перспективы дальнейшей эксплуатации панельных жилых зданиях» maqolasi bilan ishtirok etgan va mazkur maqola konferensiya materiallari to’plamiga kiritilib sertifikat sohibi bo’lgan.

Erishgan natijalari: 2015-yil institut Ilmiy Kengashi qaroriga ko’ra “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan ta’sis etilgan stipendiyasi sohibi bo’ldi.

2016-yil Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan 2016-2017 o’quv yili uchun Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasiga tayinlandi

2013 yil 10-11 dekabrida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filialida tashkil etilgan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag‘ishlangan, Respublika miqyosidagi «Конституция Республики Узбекистан – образование и воспитание молодежи» ikkinchi ilmiy-amaliy konferensiyasida “Shaxs va jamiyat: umumijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik-pedagogik qarashlar” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 7-8 aprelda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “YOsh ilmiy tadqiqotchi” bakalavriat  va magistratura talabalarining, stajyor-izlanuvchi-tadqiqotchilarning  XIII-institutlararo ilmiy-amaliy konferensiyasida “Temir yo’l ekspluatatsiyasida qum ko’chishini oldini olishning ahamiyati va uslublari” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib faxrli  II o‘rinni egalladi. Mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 25 mayida O‘zbekiston Milliy Universitetida tashkil etilgan yosh olimlar va talabalarning “XXI ASR-INTELLEKTUAL  AVLOD  ASRI” shiori ostida o‘tkazilgan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiy ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashishga tavsiya etildi. Mazkur konferensiyada  “Temir yo’llarda qum ko’chishini to’xtatishning dolzarbligi va uslublari”  mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 15-16 aprelda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filialida tashkil etilgan, Respublika miqyosidagi «Год внимания и заботы о старшем поколении» ilmiy-amaliy konferensiyasida “Keksalarni e’zozlagan yurtning kelajagi porloq” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 10 noyabrida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida tashkil etilgan “TTYMI bakalavriat talabalarining yozgi amaliyoti bo’yicha” institut miqyosidagi o‘ninchi  ilmiy konferensiyasida “Особенности выполнения нивелирования поверхности на учебно-геодезической практике” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi  va faxrli I o‘ringa sazovor bo‘ldi. Mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2015 yil 3-4 dekabrida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filialida tashkil etilgan, Respublika miqyosidagi « Наука, образование и воспитание молодёжи » IV ilmiy-amaliy konferensiyasida “Цель и задачи непрерывного образования” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2016 yil 15-16 aprelda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti filialida tashkil etilgan Respublika miqyosidagi « Профессиональное становление личности XXI века в системе непрерывного образования: теория, практика и перспективы » ilmiy-amaliy konferensiyasida «Роль высшего образования  в профессиональной подготовке кадров в Республике Узбекистан» mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi va mazkur maqolasi konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.

2016 yil 29-30 aprelda Samarqand shahrida tashkil etilgan  “Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida intellektual salohiyatli yoshlar-mamlakat taraqqiyotining muhim omili” mavzusidagi  XIII respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida  «Исследования шумового режима в помещениях квартиры жилого дома» va «Афганская железнодорожная линия Хайратон – Мазари – Шариф: защита от песчаных заносов» mavzusidagi maqolalari bilan ishtirok etdi va mazkur maqolalari konferensiya materiallari to‘plamiga kiritildi.