Ijtimoiy fanlar kafedrasi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’lim tizimiga oid keltirilgan vazifalar shuningdek, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamidan kelib chiqib, Toshkent davlat transport universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan 2021 yil 28 yanvar kuni «TRANSPORT SOHASIDA YUKSAK MALAKALI KADRLAR TAYYORLAShNING DOLZARB MASALALARI» mavzusida universitet miqyosida ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilinmoqda.

Anjuman materiallari asosida ilmiy to‘plam nashr etish rejalashtirilgan.

Anjuman jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:
1. Murojaatnoma va ta’lim: maqsad, vazifa, yondashuv;
2. Yoshlar – “Uchinchi renessans”ni barpo etuvchi asosiy kuch sifatida;
3. Transport xodimlarining professional korpusini tayyorlash istiqboli;
4.Ilm-fan va innovatsiyalar – taraqqiyotni rivojlantirishning muhim vositasi.
5.Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlari

Anjuman ishida professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar va iqtidorli talabalar qatnashishlari mumkin.

Anjumanda ishtirok etish uchun tezis va maqolalar 2021 yilning 24 yanvariga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etilayotgan maqola va anjuman materiallarini rasmiylashtirish tartibi:
1. Anjuman materiallari bir nusxada va elektron shakllarda ikkita fayl: tezis (Rajabov_tezis) va talabnoma (Rajabov_zayavka) ko‘rinishida Word 2003, 2007 formatida Times New Roman, 14 keglь, satrlar oraligi 1,5 sm, sahifalar chapdan va yuqoridan 2,5 sm, pastdan va o‘ngdan 2 sm qoldirilgan holda bo‘lishi shart.
2. Birinchi qatorda, sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, 4-qatorda matn yoziladi (namunaga qarang).
3. Asosiy matn satrlar oralig‘i 1,5 sm intervalda, satr boshi – 1sm, satrlarni eniga to‘g‘irlash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish – avtomatik tarzda bo‘lishi lozim.
4. Adabiyotlarning to‘liq ro‘yxati asosiy matndan so‘ng alifbo tartibida ko‘rsatilishi lozim.
5.Manba va adabiyotga ishora (ssilka)lar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang).
6. Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3-5 bet bo‘lishi mumkin.
7. Anjuman materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
9. So‘nggi yalpi majlisda xulosa va takliflar muhokama qilinib, yakuniy tavsiyalar qabul qilinadi.
10. Matn ilmiy-uslubiy, tahrir qilingan hamda sho‘’balarga mansubligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
11. Barcha talablarga javob bergan va tahrir hay’ati ko‘rigidan o‘tgan maqolalar ilmiy to‘plamga kiritiladi.

N A M U N A

MAQOLA NOMI

Rajabov Habibullo Ibodullaevich
ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi.
Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [1, adabiyotning qaysi betidan olinganligi, masalan: 11-b.]. Asosiy matn.

Adabiyotlar
Muallif. Maqola nomi. Nashr qilingan joyi, nashryot nomi, nashr qilingan yili, umumiy beti.

Anjuman qatnashchisi talabnomasining namunasi:

1. Familiya, ism, sharifi__________________________________________
2. Ilmiy darajasi va unvoni ______________________________________
3. Ish joyi, lavozimi_____________________________________________
4. Maqolaning nomi_______________________________________________
5. Telefon _______________________________________________________
6. E-mail _______________________________________________________

DIQQAT!
Anjumanda ishtirok etish uchun tezis va talabnomalar 2021 yilning 24 yanvariga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlab olish huquqiga ega.
Faqat tahrir hay’ati tomonidan nashrga tavsiya etilgan mualliflarning maqola va tezislari chop etiladi.
Anjumanda faol qatnashgan ishtirokchilar anjumanning so‘nggi yalpi majlisida: “Eng yaxshi maqola”, “Faol ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha sertifikat bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.
Manzil: 100167,Toshkent shahri, Mirobod tumani, Odilxo‘jaev ko‘chasi, 1-uy
Anjuman o‘tkazish uchun mas’ul: Ijtimoiy fanlar kafedrasi.

Murojaat uchun: (+998371) 2990236, (+99890) 9125907 (telegramm) Rajabov Habibullo Ibodullaevich
E-mail:rhabibullo@mail.ru