Mudofaa vazirining 1-adyutanti universitetga tashrif buyurdi

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri professor Jumaniyoz Ramatov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1-adyutanti, polkovnik Muxiddin Qodirov va universitet yoshlari uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotining mustahkam kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining shakllanish yo‘li haqida fikr yuritildi.

Qurolli Kuchlarimizning barcha mamlakatlaridagi hamkasblari bilan yaqin sheriklik aloqalarini o‘rnatganligi va so‘nggi yillarda qator qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini birgalikda o‘tkazayotganligi haqida so‘z bordi.

Iqtisodiyotning to‘laqonli mudofaa sektorini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari misollar orqali bayon etildi.

Chuningdek tadbirda Toshkent avtomobilь yo‘llar instituti xarbiy kafedrasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan podpolkovnik Baxodir Bobabekov ham ishtirok etdi.

Mehmonlar universitet rektori Odil Abdurahmonov qabulida ham bo‘ldilar.

Axborot xizmati