Rektor Ma’rufjon Rasulov nufuzli faylasuflar bilan uchrashdi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori Ma’rufjon Rasulov institutda o‘tkazilgan xalqaro seminar trening qatnashchilari bilan uchrashdi.


Rektor Ma’rufjon Rasulov tashrif uchun Yuneskoning ta’lim bo‘limi ilmiy xodimi, faylasuf, professor Albert Fishler hamda nufuzli mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Faylasuflarni «Jahon falsafa kuni» bilan qutladi.

Uchrashuvda institut rahbari, o‘zgarib borayotgan ijtimoiy ongni shakllanishida bu kabi xalqaro tadbirlarni o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligini bildirdi. Ayniqsa munosabatlarda yangicha yondashuv, yangicha ijtimoiy tartiblar yuzaga kelayotgan ayni kunlarda shaxsning yangi maqomini izlash masalalari dolzarb ekanligini ta’kidladi. Yoshlarning ijtimoiy hayotini ilmiy g‘oyalar bilan to‘yintirishda ilmiy muloqotlarning axamiyati beqiyosligini qayd etdi.

Yuneskoning ta’lim bo‘limi ilmiy xodimi, faylasuf, professor Albert Fishler rahbarligida faylasuflar samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Manba: Axborot xizmati