Belarussiya davlat transport universiteti rektori institutga ishchi tashrif bilan keldi

Joriy yilning 21 noyabr kuni Belarussiya davlat transport universiteti rektori Kulajenko Yuriy Ivanovich boshchiligidagi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga keldi.


Tashrif doirasida Yuriy Kulajenko institut rektori Ma’rufjon Rasulov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.


Shartnomada o‘quv jarayonlariga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish, institut ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish masalalariga e’tibor qaratildi.


Shuningdek, Belarussiya davlat transport universiteti rektori Kulajenko Yuriy Ivanovich boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining moddiy-texnik bazasi, professor-o‘qituvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Manba: Xalqaro aloqalar bo‘limi.