O’quvchilarda institutda ta’lim olish ishtiyoqi kuchaydi

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2019 yil 28 avgust kuni o’tkazilgan 15-sonli majlis bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida 14 oktabr kuni Oliy matematika kafedrasi dotsenti Lola Sharipova va kafedra assistenti Sherzod Yusupovlar Yunusobod tumanidagi 5-maktabda mahorat darsini o‘tkazdilar.

Lola Sharipova 11-sinf o’quvchilariga Kombinatorika elementlari mavzusida ochiq darslar o’tib berdi. Darslar qiziqarli va bahs-munozaralarga boy o’tdi. Lola Sharipova o’quvchilarga TTYMI to’g’risida batafsil ma’lumotlar berdi.

Munozarali mashg‘ulotlar uchun maktab rahbariyati “Oliy matematika” kafedrasi o‘qituvchilariga o‘z o’z minnatdorchiligini bildirdi. O’quvchilarda institutda ta’lim olish ishtiyoqi kuchaydi.

Manba: Oliy matematika kafedrasi axboroti