3-tashabbus bo’yicha tashkil etilayotgan tanlovlar davom etadi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 16 oktabr kuni 5 ta muhim tashabbusni mujassamlantirgan “Talaba yoshlar festivali” o‘tkazilishi belgilab olindi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbus yo’nalishidan o’rin olgan “aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan”dasturga muvofiq tanlovlar, mahorat darslari va o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Kecha, 14 oktabr kuni festival doirasida Tizimli blokni yig’ish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Shahnur Baxtiyorov g’alaba qozondi. Tanlov g‘olibi 7 daqiqa 21 soniya ichida keysni ochish, sochish va yig’ishni amalga oshirib, raqiblaridan 30 soniyaga ilgarilab ketdi.

Kunning ikkinchi yarimida talabalar uyida Adobe Photoshop dasturi bo’yicha mahorat darslari tashkil etildi. Qiziqarli va qizg’in munozaralarga boy kechgan mahorat darsi talabalar uchun haqiqiy dasturlash atmosferasini ulashdi.

Manba: Axborot xizmati