Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini boshladi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi joriy yilning 15 iyunidan boshlab abiturientlardan hujjatlarni ertalab soat 9:00dan 17:00gacha qabul qilmoqda.

Abiturientlarning hech bir muammosiz hujjatlarini taqdim etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ota-onalar xonasi, maslahat markazi va undagi Call center, Yoshlar ittifoqi xonasi, tibbiy bo‘limi abiturientlar va ularning ota onalari uchun xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, qabul komissiyasi e’lonlar doskasida abiturientlar uchun eng so‘nggi yangiliklar muntazam berib boriladi. Qo‘shimcha ma’lumot olishni istagan abiturientlar uchun esa qabul komissiyasining quyidagi telefon raqamlari muntazam ishlab turibdi: (71) 299-02-74,299-02-34, 299-04-99, 299-02-43.

Qabul komissiyaning so‘nggi yangiliklari bilan quyidagi internet manzili hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishishingiz mumkin: www.tashiit.uz, @ttymi_abituriyent, https://fb.me/qabul2019.

Bizning manzil:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Odilxo‘jaev ko‘chasi, 1-uy.
“Toshkent” metrosidan 40 va 46 avtobuslar.