Istiqbol uchun yangi maqsadlar

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Temir yo‘l transportida resurstejamkor texnologiyalar” xorijiy olimlar ishtirokidagi ilmiy-texnik konferentsiya ish faoliyatini boshladi. Ta’lim jarayoniga  ishlab chiqarish tashkilotlaridan yuqori  malakali mutaxassislarni jalb etish ko‘lamiga etibor qaratilayotgan ayni vaqtda konferentsiya ishiga xorijiy amaliyotchilarni ham jalb etishga e’tibor qaratildi.  Konferentsiyada ishtirok etayotgan olimlar bilan bir qatorda xorijiy ishlab chiqarish korxona rahbarlarining ma’ruzalari ham tinglanmoqda.

Konferentsiyada Germaniyaning taniqli “Maurer” firmasining savdo ishlari bo‘yicha direktori janob Mark Bresler ma’ruza o‘qidi.

“Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, 5A340205-Ko‘priklar, tonnellar va metropoliten qurilishi (ko‘priklar va tonnellar), 5A340602-Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (ko‘priklar va tonnellar) magistratura mutaxassisliklari talabalari va bakalavriat talabalari ishtirokida janob Mark Bresler master klass o‘tkazdi. Master klassda “Maurer” firmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan ko‘prik va boshqa inshootlar uchun tayanch qismlar, deformatsion choklar, dempfirlash va seysmohimoya qurilmalari haqida so‘z bordi. “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi va “Maurer” firmasi o‘rtasida o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorlik shartnomasi kelishib olindi.

Ta’lim dargohingizdagi ishchi kayfiyat va ilmiy muhit meni quvontirdi, – deydi janob Mark Bresler – yurtingizda qurilish industriyasi va sanoatiga bo‘lgan munosabat kun sayin o‘zgarmoqda. Temir yo‘l qurilishidagi sun’iy inshootlar, ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlar yaratish loyihalari, bunyodkorlik jarayonida ishlatiladigan qurilish materiallari va texnik vositalarni foydalanish xususiyatlarini yosh ilmiy izlanuvchilarga uqtirib borishda ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidaligini bildirdi.

Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi – mutaxassislarning xalqaro mexnat taqsimotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ulug‘bek Shermuxammedov

kafedra mudiri udiri