“ERASMUS +” DASTURI HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASHGA XIZMAT QILMOQDA

Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, oliy ta’limning o‘quv-tarbiyaviy jarayoni mazmuni, o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909 sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror doirasida Polsha davlatining Gdansk politexnika universitetiga “Erasmus plyus” dasturiga muvofiq institutimiz professor-o‘qituvchilaridan bir guruxi xizmat safarida bo‘ldilar.

 

“ERASMUS PLYUS” DASTURI XUSUSIDA:

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 2017 yil oktyabrdan buyon Evropa Ittifoqining “Erasmus plyus”  dasturi doirasidagi CBHE(Capacity building in higher education) loyihacida hamkor universitet sifatida qatnashib kelmoqda.

Loyiha nomi: Intelligent Transport Systems: New ICT-based Master’s Curricula for Uzbekistan – INTRAS

Loyiha muddati: 2017 oktyabrь – 2020 yil oktyabrь(36 oy davomida).

Loyihaning umumiy qiymati: 814635 evro bo‘lib, bundan 77365 evro TTYMIga ajratilgan.

Loyihaning maqsadi: Intelektual transport tizimlari sohasida yangi avlod muhandis kadrlarni tayyorlash uchun o‘quv bazasini yaratish. Qo‘yilgan maqsadga etish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:

1.   Intelektual transport tizimlari bazasida yangi magistratura mutaxassisligi o‘quv dasturini yaratish;

2.   OTMda intelektual transport tizimlari bo‘yicha o‘qitish potentsialini yaratish;

3.   OTMda intelektual transport tizimlari o‘quv laboratoriyasini yaratish;

4.   Intelektualь transport tizimlari sohasi doirasida OTM va korxonalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish.

 

GDANSK POLITEXNIKA UNIVERSITETI HAQIDA MAʹLUMOT:

 Gdansk politexnika universiteti – Polsha davlatining etakchi universitetlaridan sanalib, davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan. Evropaning qadimiy universitetlaridan biri sanalgan ushbu ta’lim muassasasining 9 fakultetida 28 ming talaba kunduzgi va sirtqi bo‘limlarida ta’lim oladilar. 1200 dan ortiq professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlari faoliyat yuritadilar. Barcha fakulьtetlar qoshida ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar mavjud.

Universitet xalqaro konferentsiya, simpozium va seminarar tashkil etish bo‘yicha dunyoda etakchi ta’lim muassasalaridan biri sanaladi.

Universitet dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Aynan “Erasmus”, “Erasmus plyus” va “Erasmus Mundus” dasturlariga muvofiq 430 ga yaqin xalqaro shartnomalar asosida Ispaniya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarussiya Respublikasi, Xindiston, Nepal, Eron, Vetnam va Yaman davlatlari bilan talabalar  almashinuv dasturlari amal qilib kelmoqda.

 

Xizmat safari davomida institut professori Adbullaaziz Ortiqboev, Magistratura boshlig‘i Said Sanatovich Choumarov va katta o‘qituvchi Ulug‘bek Chavkatovich Israilovlar Polsha oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va uning amaliy natijalari haqida taqdimotlarga e’tibor qaratdi. Shuningdek, transport-kommunikatsiya sohasida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha hamkorlikda o‘qitish tizimini joriy qilish va hamkor ta’lim muassasalarda amaldagi o‘quv reja va dasturlarni o‘zaro moslashtirish masalalari muhokama qildilar.