Peterburg Davlat temir yo‘l universiteti rektori institutga keldi

19 sentyabr kuni Peterburg Davlat temir yo‘l universiteti rektori Panichev Aleksandr Yurevich rahbarligidagi delegatsiya Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga tashrif buyurdi. Rektorlar o‘rtasidagi faol muloqotda barcha yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni jadal sur’atlarda rivojlanib va ikki tomonlama aloqalarning sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi. Institutimiz rektori M.X.Rasulov hamroxligida mehmonlar o‘quv jarayonlari va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.