«Jamoatchilik Kengashi» ning yig’ilishi bo’lib o’tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 05-iyundagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi PQ-3775 sonli Qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan «Jamoatchilik Kengashi» ning yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Kengash tarkibi Professor o’qituvchilar, Yoshlar ittifoqi a’zolari, Kadrlar buyurachilari, ota-onalar va talabalardan iborat. Yig’ilishda institutda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratlarini muntazan monitoring qilib borish hamda o’rganilgan holatlar va mavjud kamchiliklar yuzasidan institut Ilmiy Kengashiga takliflar kiritib borish hususida kelishib olindi.