Adiblar xiyobonida ochiq dars o‘tkazildi

Bugun Adiblar xiyobonida Maqsud Shayxzoda shaxsiga bag‘ishlangan ochiq dars va uchrashuv tashkillashtirildi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoa tomonidan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Maqsud Shayxzoda shaxsiga bag‘ishlangan ochiq dars va uchrashuv tashkillashtirildi.

Ochiq dars xiyobonda qad rostlagan muazzam shaxs — Alisher Navoiiy haykali qarshisida olib borildi. Unda institutning adabiyotshunos olimlari, ma’naviyat va ma’rifat xizmati xodimlari, murabbiylar qatnashdilar.

Bu ochiq darsda Maqsud Shayxzoda shaxsini o‘rganishga oid eng yaxshi g‘oyalar, takliflar, tashabbuslar va fikrlar bildirildi.

Shu jumladan, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Dilshod Baratov institut murabbiylariga o‘z faoliyatini Maqsud Shayxzoda shaxsini o‘rganish asosiga qurishlarini, talabalari o‘rtasida institut miqyosida esse, insholar tanlovlari o‘tkazilishini va kelayotgan o‘quv yilida Shayxzoda shaxsiga bag‘ishlangan konferentsiyalar, ilmiy uchrashuvlar muntazam tashkil etilishini, Shayxzoda ijod maktabi yaratilishini va boshqa ko‘plab rejalarni ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida Ozarbayjon madaniyat markazi katta ilmiy xodimi Kifoyat Berdiyevna adibning ibratli hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan bahramand qildi. Markaz xodimi adib Maqsud Shayxzoda shaxsini o‘rganish va targ‘ib qilishda Ozarbayjon madaniyat markazi ko‘makka tayyorligini bildirdi.

Tarbiya, bilim, xulq, madaniyat, vijdon kabi tushunchalar ustida ulkan ijodiy boyliklarni yaratgan Shayxzoday shaxsi va ijodiy qarashlari pedagogika ta’limi sohasi uchun yo‘lchi yulduz vazifasini o‘taydi.

Axborot xizmati