Oliy matematika kafedrasi o’qituvchilari Prezident maktabida master-klass o’tkazdilar

18-fevral kuni Oliy matematika kafedrasi dotsenti Bahtiyor Egamberdiyev  va kafedra assistenti Sherzod Yusupov Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdilar.


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 7-sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2019 yil 28 avgust kuni o’tkazilgan 15-sonli majlis bayonining ijrosini ta’minlash to’g’risida»gi 805-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 18-fevral kuni Oliy matematika kafedrasi dotsenti Bahtiyor Egamberdiyev va kafedra assistenti Sherzod Yusupov Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdilar.

Bahtiyor Egamberdiyev 10-sinf o’quvchilariga O’zbekistonda faoliyat yuritadigan chet el oliy ta’lim muassasalari imtihonlarida uchraydigan misollardan namunalar ko’rsatgan holda seminar trening tashkillashtirdi. Seminar trening qiziqarli va bahs-munozaralarga boy o’tdi.

Shuningdek B.Egamberdiyev va Sh.Yusupov maktab o’qituvchilariga «Nostandart yo‘l bilan yechiladigan qiziqarli masalalar» mavzusida master-klass o’tkazdilar. O’quvchlilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumotlarni olishdi.

Yig’ilish so’nggida Bahtiyor Egamberdiyev Toshkent temir yo‘l muhanidislari instituti to’g’risida batafsil ma’lumotlar berdi. Prezident maktabi bilan Oliy matematika kafedrasi hamkorligi masalalari kelishib olindi.

Maktab ma’muriyati o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Axborot xizmati